1-ma’ruza til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 374.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana28.03.2023
Hajmi374.21 Kb.
#1302297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu-1



1-MA’RUZA 
TIL IJTIMOIY, DOIM OʻZGARIB, RIVOJLANIB TURUVCHI 
HODISADIR. 
Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma’lumot. Tilning ijtimoiy 
mohiyati, tuzilishi. Tilning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti. 
Reja: 
1. Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma'lumot. 
2. Tilning ijtimoiy mohiyati, tuzilishi.
3. Tilning paydo boʻlishi, taraqqiyoti. 
4. Milliy til va adabiy til.
Manbalardan ma’lumki, hozirgi zamon fanlarini quyidagi yirik 
guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tabiiy fanlar. 
2. Texnika fanlari. 
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 
4. Matematika fanlari
1
.
Tilshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga mansub bo‘lib, 
inson tili, ya’ni so‘zlashuv quroli uning o‘rganish obyektidir. “Tilshunoslik 
terminlarining izohli lug‘ati”da bu fanga shunday ta’rif beriladi: “Tilshunoslik 
til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati,, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; 
muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti 
haqidagi fan”
2
.
Tilshunoslik fani yuqoridagi guruh fanlarning ko‘pchiligi bilan 
aloqadordir.
Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Har qanday til tovush tilidir, chunki nutq 
tovushlarning muayyan ketma-ketligidan iborat bo‘lgan so‘zlardan tashkil topadi. 
Nutq tovushlari esa fizika fanining akustika bo‘limida ham o‘rganiladi. Nutq 
faoliyati insonning markaziy asab tizimi yordamida boshqariladi, demak, 
tilshunoslik fani fiziologiya fani bilan aloqada bo‘lishi lozim. Kimyo fanida 
valentlik degan tushuncha mavjud. Bu molekula tarkibidagi atomning boshqa 
atom bilan bog‘lanish xususiyatidir. Xuddi shu xususiyat tildagi so‘zlarda ham 
mavjuddir. Masalan, qizil, shirin, achchiq, yirik so‘zlari olma so‘zi bilan bog‘lana 
oladi, lekin yupqa, aqlli, a’lochi, beg‘am, ozg‘in so‘zlari olma so‘zi bilan bog‘lana 
olmaydi. 

Download 374.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling