son-sanoqsiz gaplar tuzish mumkin:
“Mеn ukamni ko‘rdim // Sobir akasiga yordamlashdi // Salim opasidan
eshitdi...” Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog‘liqdir.
Tilshunos olim Shavkat Rahmatullayev til qurilishida uning ikki holatini - lison va nutq
tushunchalarining farqlanishi haqida yozadi. “Lison, - deb yozadi olim, - kishi miyasidagi til xotirasi qismida
mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan
foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi”
6
. Olimning fikricha, bu juftlikda nutq asosiy rol
o‘ynaydi, chunki tildagi hodisalar dastlab nutqda yuzaga keladi va keyinchalik lisonga ko‘chadi. O‘z navbatida
bu hodisa lisondan nutqqa olib chiqiladi
7
.
Til va nutq tushunchalari ikkita har xil hodisalarni ifodalamas ekan, ularni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish mumkin emas, chunki hodisani shu hodisaning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi
qo‘yib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: