1-ma’ruza til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Reja


Download 373.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana08.01.2022
Hajmi373.67 Kb.
#241989
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ona tili 1-maruza

lug‘at  tarkibida  aks  etadi.  Kishilar  hayotidagi  o‘zgarishlar,  ilm-fan,  madaniyat  hamda  iqtisodning 

rivojlanishi tilning lug‘at tarkibini boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa 

juda sekinlik bilan o‘zgaradi. Buni til tarixini o‘rganish orqaligina sezish mumkin. Tilning muntazam 

tarzda taraqqiy qilib borishini ona tilimiz bo‘lgan o‘zbek tili misolida ko‘rib chiqamiz.  

 

O‘zbek tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug‘at tarkibida katta o‘zgarishlar 



yuz  berdi.  Tilimiz  lug‘at  tarkibining  ichki  imkoniyatlar  vositasida  yangi  yasalgan  so‘zlar  va  boshqa 

tillardan  qabul  qilingan  so‘zlar  hisobiga  boyib  borishi  ko‘zga  tashlanmoqda.  Masalan,  aqldosh, 



telemahmadana, muzlatgich, purkagich kabi yangidan yasalgan so‘zlar, broker, diler, makler, komputer,  

menejer, fermer, biznes kabi boshqa tillardan olingan so‘zlar bunga misol bo‘la oladi.  Ayrim o‘zbekcha 

so‘zlarning  ma’nosida  o‘zgarishlar  yuz  berib,  ular  boshqa  ma’nolarda  qo‘llana  boshladi.  Masalan, 



ishbilarmon va tadbirkor so‘zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo‘lib, belgi ifodalagan bo‘lsa, hozirgi 

paytda bu so‘zlar ot turkumiga ko‘chib o‘tdi va shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo‘lib qoldi.  

 

O‘zbek  tilining  fonetik  tizimida,  nisbatan  kam  bo‘lsa  ham,  ayrim  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi. 



Jumladan, o‘zlashma so‘zlarda bo‘g‘inning o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan yangi turlari (so‘z boshida va 

so‘z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning qator kelishi) paydo bo‘ldi:  sport, stol, traktor, shkaf, 



magistr, kongress kabi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarda ikkita har xil unlining o‘zbek tili uchun xos 

bo‘lmagan  ketma-ket  kelish  holatlari  kuzatiladi:  aeroport,  poema,  geologiya,  teatr,  bionika  kabi 

(arabcha doim, inshoot, maorif, taassurot, shuur, tabiiy kabi so‘zlar ilgaridan mavjud edi).  

Ona tilimizning grammatik qurilishida  ham juz’iy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Masalan, morfologik 

o‘zgarishlarga  -lar  ko‘plik  qo‘shimchasi  ma’nolari  kengayishini  (hurmat,  kinoya,  jamlash,  ayirish, 

noaniqlik, kuchaytirish), egalik qo‘shimchasi ma’nosidagi umumdan ajralganlik (Bobur bog‘i, Navoiy 



ko‘chasi) kabi ma’noning paydo bo‘lishi kiriritilsa, sintaktik o‘zgarishlarga boshqa tillarning ta’sirida 

yangicha  tarkibdagi  to‘liqsiz  gaplarning  (Tug‘ilgan  kuningiz  bilan,  Bayramlar  bilan  va  h.)  yuzaga 

kelganligini, qo‘shma gaplar tasnifidagi o‘zgarishlarni misol qilib keltirish mumkin. 

Ona tilimizning bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham boyishi, grammatik qurilishning 

ichki qonuniyatlar asosida takomillasha borishi bilan bog‘liq ravishda davom etadi.  

 


Download 373.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling