barcha fanlarning kelib chiqish manbasi sifatida tan olingan. Tilshunoslik fani, birinchidan, falsafaning
А. Нурмонов, Б.Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. “Шарқ” НМАК бош таҳририяти. Т.: 2001, 11-бет.
А. Ҳожиев. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат илмий
bilish nazariyasi bilan bog‘langan bo‘lsa, ikkinchidan, bu fan bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis o‘z
tadqiqotlarida muayyan falsafiy yo‘nalishga tayanadi.
Ma’lumki, adabiyot so‘z san’ati sifatida tan olingan. Demak, tilshunoslikning markaziy
tushunchalaridan bo‘lmish so‘z adabiyot uchun ham asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan,
tilshunoslik adabiyotni o‘rganadigan adabiyotshunoslik fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tilshunoslik tarix fani bilan bog‘liq, chunki til tarixi shu tilning egasi bo‘lmish millat tarixining
bir qismidir.
Siz ”mantiqiy fikr”, ”bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan fikr” degan gaplarni eshitgansiz. Bu esa
tilshunoslik va mantiq fanlarining o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Har ikkala fanni birlashtiruvchi
narsa tafakkurdir. Tafakkur tilda so‘z, so‘z birikmasi va gaplar orqali namoyon bo‘lsa, mantiqda hukm,
tushuncha va xulosalar ko‘rinishida aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: