Tilshunoslik va texnik fanlar. Tilshunoslik va texnik fanlardan hisoblangan kibernetikaning
o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kibernetikaning mahsuli bo‘lmish EHM ham insonga o‘xshab axborot
qabul qilib, uni uzatish vazifasini bajaradi. EHM yaratilishi uchun inson organizmi asos bo‘lib xizmat
qilgan. EHMning paydo bo‘lishi avtomatik tarjimaning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Tilshunoslik fanining turlari. Tilshunoslik ikkita xususiyatiga ko‘ra turlarga bo‘linadi:
1. O‘rganish obyektining hajmiga ko‘ra:
a) xususiy tilshunoslik alohida olingan tilning tovush tizimi, lug‘at boyligi va grammatik
qurilishini o‘rganadi, shu sababli bunday tilshunoslik “o‘zbek tilshunosligi”, “rus tilshunosligi” kabi
nomlar bilan ataladi.
b) umumiy tilshunoslik yer yuzida mavjud bo‘lgan barcha tillarning umumiy xususiyatlarini,
kelib chiqishini, dunyo tillarning tasiflanishini o‘rganadi. U o‘z tadqiqotlarida xususiy tilshunoslik
yutuqlaridan unumli foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |