1-ma‘ruza. “Tilshunoslik nazariyasi” – nazariy fan sifatida Reja


Download 29.74 Kb.
bet5/6
Sana14.10.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1702543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma`ruza (4)

Imkoniyat~voqelik. Mazkur kategoriya narsalar va hodisalarning vujudga kelishi va rivojlanishini aks ettiradi. Narsalar va hodisalar abadiy yoki o‘zgarmas emas. Tegishli shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, biror narsa, voqelik paydo bo‘lib, reallikka aylanadi. Bu shartsharoitlarning yig‘indisi narsa yoki voqelikning vujudga kelish imkoniyatidir. Odatda taraqqiyot jarayonida birgina imkoniyat emas, balki bir qancha imkoniyatlar maydonga keladi. Ammo bu imkoniyatlar doirasi cheksiz emas. Masalan, maktabni, litsey yoki kollejni tamomlab chiqayotgan yigit-qiz oldida istalgan oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda bitiruvchi o‘z imkoniyati, ya’ni tayyorgarlik saviyasi, qobiliyati, zehniga qarab imkoniyatlardan birinigina voqelantira oladi. Ba’zan voqelantirilayotgan imkoniyat noto‘g‘ri tanlangan bo‘lishi ham mumkin. Til, uning birliklari imkoniyat sifatida mavjud bo‘lib, nutq ana shu imkoniyatning voqelanishidir. Hech qachon imkoniyat (til) bir paytning o‘zida (nutqda) to‘laligicha voqelanmaydi. Masalan, [idish] leksemasini eslaganimizda u bilan bog‘lana oladigan [chinni], [sirli], [billur], [shisha], [plastmassa], [sopol], [katta], [kichik], [toza], [yog‘li], [teshik], [siniq], [yapaloq]…; [yasamoq], [sindirmoq], [olib kelmoq], [olib ketmoq], [sotmoq], [sotib olmoq], [yuvmoq], [ko‘rmoq], [keltirmoq], [yangilamoq], [chegalamoq]…. kabi o‘nlab leksemalar, [-ga], [-ni], [-ning], [-dan], [-da], [-lar] kabi morfemalar
[idish] leksemasi bilan birga voqelana oladigan til imkoniyatlari sifatida tayyor bo‘ladi. Nutqda esa nutq sharoiti, nutq taqozosiga ko‘ra (so‘zlovchining saviyasi, yoshi, kasb-kori, nutq momenti, o‘rni va h.) ulardan biri yoki bir nechtasigina voqelana oladi, xolos.
Sabab~oqibat. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar bo‘lib, mazkur falsafiy kategoriya voqelikning barcha jabhalarida ro‘y beradi. Istalgan sohadagi yangilanishning ro‘y berishi, yangi o‘ziga xos narsa, voqea-hodisa, tushunchaning paydo bo‘lishi sabab~oqibat xarakteriga ega. Bir hodisa hayotda ikkinchi hodisani keltirib chiqarar ekan, birinchisi sabab, ikkinchisi oqibatdir. Masalan, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, ya’ni ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli ko‘rinish, shakl va holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar o‘zaro sababiy bog‘lanishda deb biluvchilar deterministlar, buni inkor etuvchilar indeterministlar deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy bo‘lmagan, tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sabab va oqibat kategoriyalari aloqadorligi bo‘yicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolarning maxsus asarlari bor.
Sabab zaruriy, umumiy xarakterga ega kategoriya hisoblanadi. Uni bahonadan farqlash zarur.
Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik, munosabatlar, belgilar sistemasi sifatida mavjud. U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan moddiy shaklga, ko‘rinishga ega bo‘ladi. Til qonuniyatlari dialektik qonuniyatlar asosida tadqiq etiladi. Biroq bu qonuniyatlarning har biri o‘z alohida tizimiga ega bo‘lib, ular aynan bir xil hodisa emas. Keyingi mavzularda bu xususda batafsil mulohaza yuritamiz.

Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling