1-Ma’ruza: Tom yopmalari. Ularga qo‘yiladigan talablar. Reja


-rasm. To‘lqinsimon asbestotsement listlarning o‘rnatilishi


Download 0.81 Mb.
bet4/6
Sana11.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1260823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

5-rasm. To‘lqinsimon asbestotsement listlarning o‘rnatilishi:

a – o‘rnatilish sxemasi; b – listlarning o‘zaro mahkamlanishi; v – tom qirrasidagi detallarning mahkamlanishi; g – asbestotsement listlarning mo‘riga tutushishi; 1 – obreshetka; 2 – stropila; 3 – to‘lqinsimon asbestotsement list; 4 – mix; 5 – qirra detali; 6 – tol qog‘ozdan qistirma; 7 – metall skoba; 8 – burchaksimon detal; 9 – rigel.


To‘lqinsimon asbestotsement listlardan qilingan tom elementlari tutashgan (tom qirrasi, nishabliklar kesishgan joylar va sh.o‘.)joylarni yopish uchun maxsus asbestotsement fasonli detallardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular yo‘q bo‘lgan hollarda bu maqsadda ruxlangan yupqa po‘lat listlardan va alyuminiy qotishmalaridan foydalanish mumkin.





6-rasm. To‘lqinsimon asbestotsement listlarning mahkamlanishi:
a - to‘lqinsimon asbestotsement listlarning karnizdagi mahkamlanishi; b- tomning nishablik bo‘yicha qirqimi; v - listlarning mahkamlanishi; 1 – karniz bruschasi; 2 – to‘lqinsimon asbestotsement list; 3 – shamolga qarshi skoba; 4 – mix; 5 – obreshetka bruschasi; 6 – stropila; 7 – rezina shayba; 8 – metall shayba; 9 – shurup (burama mix); 10 – rezina qistirma (shayba).
Tomga chiqadigan mo‘ri (dudburon) atrofida yong‘in xavfsizligini ta’minlagan holda asosiy obreshetka kesimiga teng bruschalardanqo‘shimchaobreshetka qilinadi (7-rasm). Bunda mo‘ri devori bilan tom konstruksiyasidagi yonadigan elementlar orasidagi masofa 130 mm dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi. Bu oraliqni tom tunukasi bilan yopiladi.
Mo‘ri atrofida va chordoqni yoritish derazalari atrofida asbestotsementdan bajariladigan maxsus burchaksimon fasonli detallardan yoki ruxlangan po‘lat fartuklardan “YOqa” qilinadi va ularni devordan kamida 150 mm masofada joylashgan to‘lqinsimon asbestotsement listlarning qavariq qismi orqali shuruplar yordamida obreshetkaga mahkamlanadi. Bunday echim, shuningdek asbestotsement listlar devorga tutashgan joylarda ham qilinadi


7-rasm. Mo‘ri atrofida qilinadigan obreshetka.

a) b)









Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling