1-Ma’ruza: Tom yopmalari. Ularga qo‘yiladigan talablar. Reja


-rasm. Nishabli tomlarning ko‘rinishlari


Download 0.81 Mb.
bet2/6
Sana11.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1260823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

1-rasm. Nishabli tomlarning ko‘rinishlari:
a - bir nishabli tom: b - ikki nishabli tom; v -uch nishabli tom; g - ko‘p nishabli tom; d - mansardali (boloxonali) tom.

Balandligi 5 qavatgacha bo‘lgan turar-joy binolarining chordoqli tomlarida suv o‘tkazmaydigan qatlamni (tom qoplamasini) ko‘tarib turish uchun yog‘och materiallardan qilinadigan stropila sistemasi xizmat qiladi. Ularni tayangan (2-rasm), osma (3-rasm) va kombinatsiyalangan stropilalarga (4-rasm) ajratish mumkin.



2-rasm. CHordoqli tomlarning tayangan stropilasi:
a, b, v, g, d - bir nishabli tomlar; e. j, z - ikki nishabli tomlar; 1 taxta yoki brus stropila; 2-ustin: 3 -tirgaklar; 4 -mauerlat; 5 -rigel’: 6 -hovon;7 - bo‘ylama progan; 8 -ustin osti progoni.

Tayangan stropila (2-rasm) yo‘nilmagan yog‘ochdan, brusdan yoki taxtadan qilinishi mumkin. Binoda bitta ichki yuk ko‘taruvchi devor bo‘lgan holda, bunday stropila yordamida 14 metrgacha bo‘lgan prolyotniyopish mumkin. Ikkita ichki devor yoki boshqa tayanchlar bo‘lgan hollarda bu masofani 16 metrgacha qabul qilish mumkin.
Stropilalar taxtadan qilinganda ular orasidagi masofa 1-1,5 metrni tashkil qiladi, brusdan qilinganda esa 1,5-2 metr qabul qilinadi.
Stropila pastki uchi bilan tashqi devor bo‘ylab yotqizilgan stropil osti brusi(mauerlat)ga yoki uzunligi 500-700 mm bo‘lgan kalta bruslarga tayanadi.Mauerlatning kesimi 180x180mm yoki 200x200 mm bo‘lishi kerak.
Stropila yuqoridagi uchi bilan tomning tepa qirrasidagi bo‘ylama progon (xari) ga tayanadi. Bo‘ylama progon esa ichki devorga tayanib turadigan ustunlar ustida yotadi. Ustinlar orasidagi masofa 3-4 mqabul qilinadi. Ustunlarning ostida ichki devor bo‘ylab ustin osti progoni (to‘sini) bo‘lishi kerak. Ustunlarning fazoviy ustivorligini ta’minlash uchunularni qiya tirgaklar yordamida ustin osti progoniga mahkamlaydilar.
Stropila konstruksiyasining devorga tegib turadigan barcha yog‘och elementlari (mauerlat, ustin osti progoni) tol yoki pergamin yordamida devordan izolyasiya qilishi kerak.
Tom shamol ta’siriga chidamli bo‘lishi uchun har ikkinchi stropila po‘lat sim yordamida devorga qoqilgan tishli mixlarga (ershlarga) tortib mahkamlab qo‘yilishi talab qilinadi. CHordoq yopmasining ustidan mauerlatning ostigacha kamida 400 mm devor qilish kerak, chunki vaqti-vaqti bilan stropila konstruksiyalarining holatini tekshirnb turish, zarur bo‘lganda ta’mirlab turish-ga qulay bo‘lishi kerak.CHordoqning o‘rta qismida yopmadan tom qirrasining bo‘ylama progonining ostigacha bo‘lgan balandlik 1,9 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Osma stropilalar (3-rasm) binoda ichki yuk ko‘taruvchi devor yoki boshqa tayanchlar bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Uncha katta bo‘lmagan prolyotlarda (6 metrgacha) konstruksiya stropila vatortqichdan iborat bo‘ladi xalos. Prolyot ortib borishi bilan osma stropila konstruksiyasiga rigel,"balka", tirgaklar qo‘shilishi mumkin. Stropilaning elementlari o‘zaro o‘yish (vrubka) usuli bilan biriktiriladi. Osma stropilalarda material sarfi tayangan st-ropilalardagiga qaraganda ko‘proq va bu ularning asosiy kamchiligidir.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling