1-ma`ruza: tuproq va agroekologiyasi fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari


Download 198.32 Kb.
bet4/12
Sana08.01.2022
Hajmi198.32 Kb.
#248186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Туп агро экол 1-маруза (1)

Profil – genetik usuli – tuproqshunoslikka oid barcha tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. U tuproqni yer yuzasidan boshlab butun chuqurligi davomida genetik gorizontlar bo‘yicha to ona jinsga qadar o‘rganishni va tuproq kesimining o‘rgatilayotgan xossalari va parametrlarini taqqoslashni talab etadi. Bu usul tuproq hosil bo‘lish jarayonlari rivojining tabiiy qonuniyatlarini aks ettiradi.

Morfologik usul – tuproq kesimining tuzilishini o‘rganish tuproqshunoslikka oid tadqiqotlarni o‘tkazishda tayanch hisoblanadi va tuproqlarning tabiiy sharoitdagi diagnostikasi asosini tashkil etadi. Morfologik taxlilning uch turi: makromorfologik (tuproqni oddiy ko‘z bilan o‘rganadi); mezamorfologik (tuproqni lupa va binokulyar yordamida o‘rganadi); mikromorfologik (tuproqni mikroskoplar yordamida o‘rganadi) turlaridan foydalaniladi. Morfologik usul tuproqni o‘rganishga va ularni tashki (morfologik) belgilariga ko‘ra bir-biridan ajratishga imkon yaratadi. Bunda tuproq profilining tuzilishi, tuproq va ayrim gorizontlarining qalinligi, tusi, granulometrik tarkibi, strukturasi, qovushmasi, yangi yaralmasi, qo‘shilmasi va x.k. lar o‘rganiladi.


Download 198.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling