Qiyosiy – geografik usul tuproqlarni va tuproq hosil bo‘lishga tegishli omillarni ularning tarixiy rivojlanishida va joylarda tarqalishini taqqoslashga asoslangan bo‘lib, tuproq genezisi va ular geografiyasi qonuniyatlari haqida asosli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Qiyosiy – tarixiy usul aktualizm prinsipiga asoslanadi, xozirgi vaziyatni o‘rganish asosida tuproq va tuproq qoplamining o‘tmishini tadqiq qilish imkonini beradi.
Biogeosenotik (ekologik) usul – bunda biogeosenozning barcha komponentlarini: tuproq, o‘simliklar, jonivorlar, mikroorganizmlar, atmosfera, tabiiy suvlar, tog‘ jinslarini, geografik muhitning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda va bir vaqtning o‘zida bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganish tushuniladi.
Modellashtirish – obyektning ba‘zi bir xossalari va belgilarini bevosita uning o‘zida emas, balki boshqa, shu obyektga o‘xshash bo‘lgan obyekt (model) da tadqiq qilish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |