1-ma`ruza: tuproq va agroekologiyasi fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari


Tuproq ekologayasi uning o’rganish obekti tuproq


Download 198.32 Kb.
bet2/12
Sana08.01.2022
Hajmi198.32 Kb.
#248186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Туп агро экол 1-маруза (1)

Tuproq ekologayasi uning o’rganish obekti tuproq.

Agroekologiya bu ilmiy fan bo’lib uning obekti tur, nav, zot agrotsenozlar asosni tashkil etadi.

Yer yuzida paydo bo’lgan har qanday ekologik xolat – yer siljishi, erroziya, yong’in zaxarli chiqindilarning toplanishi tuproqning yuza qatlamida yuzaga kelip shu yerning ekologik xolatini buzadi. Bunday tabiiy ekologik voqeliklar insonning salbiy va ijobiy faoliyatlari bilan ham bog’liq.

Tabiiy va sun’iy senozlar insoniyat moddiy manvayining asosiy xazinasidir va inson bu xazinadan foydalanib keladi va buni kelajak avlodlarga ham qoldirishlari kerak ming afsuslar bo’lsinkim keyindi vaqtlarda tuproq tirik Sistema ekanligi unitildi, uning xususiyatlari antropogen omillar natijasida buzildi. Xozirgi tuproq va agroekologiyaning asosiy vazifasi tiriklik tuproqsiz bo’lmasligini inobatga olmagan xolda qishloq xo’jaligidagi yerlarning xamma ijobiy xususiyatlari va undagi xayotiy jarayonlarni ekologik nuqtai nazardan tiklash va yaxshilash, uning unumdorligini va qishloq xo’jalikdan olinadigan xosilning zararsizligini taminlash, tuproqning biologic faolligini oshirish jarayonida qishloq xo’jalik ekinlarin suv, ozuqa, va gaz rejimlarini yaxwi ekologik abtimal sharoit yaratish bilan yuqori va ekologik toza xosil olishga erishishdan iborat. Insonlar to’plagan ming ming yillik dexqonchilik tajribalari ushbu tuproq va agroekologiya faniga asos bo’ladi.

Yer yuzidagi tuproq qatlamining asosini litosfera tashkil etadi. Litosfera yer qobig’i va yer mag’zining (mantiyani) yuqori qismidan tashkil topgan. Litosfera, Yer qobig’ining fizikaviy – kimyoviy jarayonlar mahsulidir. Yer qobig’ining qalinligi 5 km dan 60 km gacha boradi. Qit’alarda bu qalinlik 40 – 50, yuqori tog’larda 85 km ni tashkil etadi. Dengiz va okeanlarda esa 6 – 10 km ga boradi.

Litosfera magma, cho’kindi qoldiqlar va metomorfik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Litosferaning eng yuqoridagi qismini cho’kindi jinslar – qobiq egallaydi. Yer qobig’ining yuzasini tuproq qatlami tashkil qilib, bu qatlam tiriklik – biosferaning buzulmas qismi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda Yerning tuproq qatlami – bioiqlim mintaqalari va tuproq geoximik birikmalar – dolalar kabi ikki o’lcham bilan o’lchanadi.

Tuproq – iqlim (yoki tuproq - bioiqlim) mintaqasi – tuproq zonalari va tuproqning vertikal tuzilish birligi bo’lib, u yerda radiatsion, termik sharoitlar va ularning tuproq hosil bo’lishiga va o’simliklarning rivojlanishiga ta’sir qilish hususiyatlari tushuniladi. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarda iqlimning harorat xususiyatlariga qarab kengliklar bo’yicha tubandagi tuproq – bioiqlim mintaqalariga ajratiladi: qutblar, boreal’, subboreal’, subtropik va tropik mintaqalar. Har bir mintaqa uchun qator tuproq hillari xos bo’lib, ular boshqa zonalarda uchramaydi.

Tuproq xili (tipi), tuproq klassifikatsiyasining asosiy taksonomikbirligi, tuproqshunoslikning genetic asosi hisoblanadi. Bir xil genetic gorizontga, tuproq jarayonlarining yillik va ko’p yillik o’zgarishlari hamda gidrotermik rejimlari o’hshash tuproqlar bir tipga kiritiladi. Tuproq tiplari o’z navbatida kattaroq taksanomik birlikka – tuproqlar oilasiga birlashtiriladi. Bu birlashish asosida tuproqlarning bir xil qatlami, kesimi, organic, mineral moddalarning bir xil sifati, tarkibi kabi xislatlar yotadi.

Dunyo bo’yicha va Yer sharining turli zonalarida 23 ta tyuproq oilalari aniqlangan. Ularga nordon serildiz, alfegumus, qo’ng’iroq sho’rxoklar, kulrang kabi oila turlari kiradi.

Tuproq oilalari o’z navbatida yanada kattaroq taksonomik birlik – tuproq generatsiyasiga (paydo bo’lishiga) birlashtiriladi. Bunday birlashtirishning asosiy birligi: organik moddalarning to’planishi, ikkilamchi mineral modalarning hosil bo’lishi, tuproqda hosil bo’lgan mahsulotlarning qatlamlar bo’yicha aralashuvi va mineral birikmalarning gidrogen to’planishi kabi xislatlardan iborat.

Tuproq generatsiyalari (yani, tuproqning yuzaga kelishi) o’z navbatida eng katta taksonomik birlik – tuproq geoximik assotsiatsiyasiga birlashadi. Bu birlik asosida tuproq asosini tashkil qiluvchi organik va mineral moddalarning bir – birlari bilan umumiy bog’liqligi, bir – biriga tasiri turadi. Tuproqlarning namlik darajasiga qarab tuproq – geoximik assotsiatsiyasi o’z navbatida 6 ta assotsiatsiyaga bo’linadi: 1) nordon subareal, 2) nordon subareal ogleen, 3) nordon ishqor subreal, 4) nordon – ishqor subreal ogleen, 5) neytral –ishqor subreal, 6) ishqor subreal.

Yer ustida bir biri bilan almashib turadigan keng areallar – tuproq – geoximik birliklarini hosil qiladi. Har bir tuproq arealida juda murakkab ekologik omillar, yani atmosfera namligi, tuproq yuzasining yamirilishi, organik qoldiqlarning mineralizatsiyalanishi, tuproq hosil qiluvchi jinslarning boyligi (ko’pligi), ularning mexanik tarkibi, yuproqning hosil bo’lgan yoshi, tiplari kabi xislatlari va ularning bir – biriga tasir qilish qonunlari yotadi.

Tuproq qatlami mustaqil Yer qobig’i (pedosfera)dan iborat. Tuproq bu o’simliklar, hayvonlar va mikroorgabizmlarning tog’ jinlari va iqlim bilan hamjihatlikda hosil bo’lgan mahsulotdir. Tuproq – biokos jism (tana), u bir vaqtning o’zida ham tirik, ham o’lik (norganik) moddalardan (suv, havo va organik qoldiqlardan) tashkil topgan bo’ladi.

Tuproqning fizikaviy xususiyatlariga uning mexanik tarkibi, zarrachalarning katta – kichikligi, g’ovakligi, suv o’tkazuvchanligi, havo almashinishi, yorug’likning yo’qligi, harakatning oz ampltu-dada o’zgarishi kiradi. Tuproqning asosiy ko’rsatkichlariga uning mexanik tarkibi, yani har xil kattalikdagi zarrachalning nisbiy miqdori ifodalanadi.

Tuproqning tuzilishida, uni hosil qiluvchi zarrachalar katta ahamiyatga ega. Tuproq komponentlari quyidagicha farqlanadi:


  1. katta zarrachali qum – 0,2 – 2.0 mm

  2. mayday zarrachali qum – 0,2 mm – 20 mk

  3. qumtuproq – 2 – 20 mk

  4. mineral koloidlar – 2 mk dan kichik

  5. 2 mm dan katta komponentlar (shag’al)

tuproqning fizikaviy tuzulishi katta ahamiyatga egadir. Tuproq zarrachali bo’lsa, uning tuzulishi yahshi, unda namlik, havo yahshi saqlanadi; maydazarrachali tuproqqa namlik va havoning o’tishi qiyin bo’ladi, chunki g’ovakligi kam zarrachalar bir – biriga zich turadi. Odatda tuproqning zichligi 2,4 – 2,5 g/sm2 ga teng.

Har qanday tuproq qattiq, suyuq va gazsimon qismlardan iborat bo’ladi. Uning suyuq qismi suvdan (tuproq eritmasidan) iborat bo’lib, shu suyuqlik tuproq g’ovaklari orasida joylashgan va tuproq zarrachalari suyuqlik bilan to’yingan bo’ladi.

Tuproqning namlikni ushlab shimib olishi va pastki qatlamlariga o’tkazishi, tuproqning namlik o’tkazuvchanligi deyiladi. Yer osti suvlarining yoki pastki qatlamlardagi namlikning kapillyarlar orqali zarrachalardan – zarrachalarga, g’ovaklardan – g’ovaklarga ko’tarilishiga tuproqning suvni ko’tarib berish xislati deyiladi.


Download 198.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling