1-ma`ruza: tuproq va agroekologiyasi fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari
Download 198.32 Kb.
|
Туп агро экол 1-маруза (1)
Vegetasion idishlar usuli tuproq – o‘simlik sistemasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Aerokosmik usul. Tuproqshunoslikda aerokosmik usullar bir tomondan, yer yuzasining spektorning turli diapazonlarida va turli balandlikdan olingan fotosuratini asboblar yordamida yoki oddiy ko‘z bilan o‘rganishni, ikkinchi tomondan tuproqning spektral qaytarish yoki yutish qobiliyatini bevosita samolyotlar va kosmik apparatlardan turib o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Tuproqlar geografiyasi, tuproqning bir qator muhim xossalari-namlik, zichlik, tuz miqdori, gumuslilik va boshqalar dinamikasi shu usul bilan tekshiriladi. Tuproqli so‘rim usuli har bir erituvchi (suv, turli kislotalar, ishqorlar yoki har xil konsentrasiyali tuzlar eritmalari, organik erituvchilar – spirt, aseton, benzol va x.z. lar) ta‘sirida nazorat qilinadigan sharoitda tadqiqotchini qiziqtiruvchi qandaydir ma‘lum guruhdagi birikmalarni tuproqdan ajratib olishga asoslangan. Tuproqshunoslikda radioizotoplar usuli tuproqlar va ekosistemalardagi u yoki bu elementlar va ular birikmalarining ko‘chish jarayonlarini nishonlangan atomlar asosida o‘rganishda qo‘llaniladi. Tadqiqot o‘tkaziladigan joyga ko‘ra dala va laboratoriya tuproq tekshiruvlariga bo‘linadi. Dala sharoitida o‘tkaziladigan tuproqshunoslikka oid tadqiqotlar tuproqlarni o‘rganishning ekspedision va stasionar usullari rekognossirovka maqsadidagi marshrutli tuproq tekshiruvlari, berilgan masshtabda tuproq qoplamining kartosxemasini olish, maxsus stasionarlarda, tajriba stansiyalarida ko‘p yillik rejimli ko‘zatishlar, tuproqlar meliorasiyasi va transformasiyasiga doir tajribalar (shu jumladan ishlab chiqarish sharoitlarida); tabiiy sharoitlardagi modelli tajribalarni (shu jumladan lizimetrlar va stok maydonlaridan foydalanib) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning laboratoriya usullarida tuproqlarning fizik, minerologik, mikromorfologik xossalari tekshiriladi, tuproq jarayonlari fizik va matematik modellashtiriladi, dala ishlari ma‘lumotlari ishlab chiqiladi. Fizikaviy, fizik – kimyoviy, kimyoviy va biologik analitik usullar. Tuproqning xossalari va tarkibini o‘rganishda qo‘llaniladi. Tuproqshunoslikda sistemali uslubiy yondoshuvdan keng foydalaniladi. Bunda tuproq bir tomondan o‘zaro bog‘liq holda harakat qiluvchi ko‘plab kichik sistema - bloklardan iborat bo‘lgan yaxlit sistema deb qaralsa, ikkinchi tomondan, biosfera va ekosferaning ekosistemalaridagi kichik sistema deb qaraladi. Yerning sho`rlanishi, eroziyasi, cho`llashish jarayoni hamda uning salbiy oqibatlari. Tabiatda shamol va suv ta`sirida tuproqning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Lekin bugungi kunda kishilarning tuproqqa noto`ri munosabatda bo`lishi tufayli, ya`ni tik erlarni noto`g’ri haydash, bostirib suorish, o`simliklarga noto`ri munosabatda bo`lishi, qayta sho`rlanish, zaxarli kimyoviy moddalar solish va boshqalar tuproq eroziyasini vujudga keltirib chiqaradi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto`ri foydalanishining oqibati bo`lib, uning asosiy sabablari o`rmon va to`qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto`ri usullaridan foydalanish va boshqalardir. Suv eroziyasi ko`proq to oldi va toli rayonlarda, shamol eroziyasi kuzatiladi. Eroziya jarayonlarining oldini olish uchun o`simlik qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to`ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o`tkazish va boshqalar kiradi. Oltmishinchi yillarda almashlab ekish usuli tanqid qilinib, ancha yillar davomida ta`qiqlab qo`yildi. Keyinchalik ko`p mintaqalarda monokultura tufayli almashlab ekishni keng joriy etish imkoni bo`lmay qoldi. Natijada erning unumdorligi borgan sari kamaya bordi. Respublikamizda qishloq xo`jaligida foydalaniladigan erlarning umumiy maydoni 28 mln ga erlarni tashkil etsa, undan: 23 mln ga yaylovlar, 0,7 mln ga er lalmikor va 4,2 mln ga suoriladigan erlardan iborat. Suoriladigan erlarning 42% ga paxta ekiladi, 12% ga alla ekiladi. Ilgarilari ekin maydorlari ancha kichik bo`lib, uning atrofi qalin mevali daraxtlar bilan o`ralgan. Bu daraxtlar tuproqni kuchli esgan shamollardan asragan. Daraxtlar biologik drenaj vazifasini ham bajargan, ya`ni er osti suvini ildizi orqali surib, uni tuproqning yuqori qismiga ko`tarilgani qo`ymagan, erni zaxlanishi va sho`rlanishini oldini olishga yordam bergan. Turunlik yillarida xo`jaliklarning erlari atrofidagi mevali daraxtlar qo`porib tashlanib ekinzorlar kengaytirildi.buning oqibatida atrofi ochiq (yalang) qolgan dalalarga kuchli esgan shamol tuproqning unumdor qismini o`chirib, eroziyaga uchrashini kuchaytirdi. Bunday hol Qashqadaryo viloyatining Nishon, Chiroqchi, Qamashi, Muborak, Mirishkor kabi rayonlarda ko`plab sodir etildi.
Download 198.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling