1-ma’ruza uchun testlar


Download 140.46 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi140.46 Kb.
#1637414
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mavzular buyicha testlar2023


1-ma’ruza uchun testlar



  1. Mashinani o’qitish (Machine Learning) – bu kompyuterni dasturlashning yangi yo’nalishi bo’lib, ma’lumotlarni ............ olish va shu ma’lumotlar asosida ............. xususiyatiga ega bo’lishidir.

a) o’qib; o’rganish;
b) saralab; differensiallash;
c) sezish; his qilish;
e) saralab; integrallash.

  1. Mashinali o’qitish - bu ........................................

a) ma'lumotlardan ma'lumot olishdir; b) integrallashuv jarayonidir;
c) ma’lumotlarni to’plashdir; e) his qilish jarayonidir.
3. X - obyektlar to’plami, Y- javoblar to’plami uchun f:X→Y no’malum bog’liqlik maqsad funksiyani aniqlashning hal qiluvchi (decision function) R:X→Y algoritmini qurish – bu .............. masalasining qo’yilishi hisoblanadi.
a) o’qitish; b) integrallashuv; c) gibridlashuv; e) masofani hisoblash.
4. Muammoni aniqlash, ma’lumotlarni tayyorlash, algoritmni ishlab chiqish va baholash, natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish va yakuniy natijani taqdim qilish –bu .................. bosqichlari hisoblanadi.
a) mashinani o’qitish;
b) ekspertlarni aniqlash;
c) mashinani sozlash;
e) ekspertlarni tanlash.
5. Obyektlarni tanib olish uchun ... foydalaniladi.
a) muhim belgilardan; b) barcha belgilardan;
c) bir xil belgilardan; e) yopiluvchi belgilardan.
6. Sinf – bu ... xususiyatga ega bo‘lgan ... to‘plamidir.
a) umumiy; obyektlar; b) diametr; to’rtburchaklar;
c) harorat; raqamlar; e) og’rlik; harflar.
7. Obyektlar haqida empirik ma’lumotlar ............ yordamida aniqlanadi.
a) tajriba; b) ekspert; c) foydalanuvchi; e) kompyuter.
8. Obyektlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish ............... topishga asoslanadi.
a) obyektlar uchun xos bo‘lgan asosiy belgilarni;
b) obyektlar uchun xos bo‘lmagan asosiy belgilarni;
c) obyektlar uchun chegaraviy sharti bo‘lgan asosiy belgilarni;
e) obyektlar uchun boshlang‘ich sharti bo‘lmagan asosiy belgilarni.
9. Belgilarning turlari qaysi javobda to’gri keltirilgam?
a) Determinalli, mantiqli, strukturali, ehtimolli, nominalli;
b) Strukturali, ehtimolli, chiziqli, etalonli, bo’sag’ali;
c) Determinalli, bo’lakli , bo’sag’ali, skeletli, mantiqli;
e) Strukturali, skeletli, chiziqli, determinalli.
10. Determinalli belgilar ……….… qiymatlarga ega bo’ladi.
a) aniq va sonli; b) chin; c) ehtimolli; e) simvolli.
11. Etimolli belgilar ..........… qiymatlarga ega bo’ladi.
a) tavakkali; b) yolg’on; c) chin; e) aniq.
12. Mantiqiy belgilar ..........… qiymatlarga ega bo’ladi.
a) chin yoki yolg’on; b) tavakkali; c) simvolli; e) uzluksiz.
13. Strukturali belgilar ....................... ko’rinishidagi obyektlarda uchraydi.
a) simvol va tasvir; b) faqat simvol va raqam; c) faqat tasvir va harf;
e) faqat harf va raqam.
14. Sinflashtirish – bu ...................... asosida sinflarga bo‘lish.
a) obyektlarni belgilar; b) obyektlarni etalon tanlov;
c) etalon tanlovni erkin tanlov; e) harflarni erkin tanlov.

  1. Intellekt -bu …………………………………tushunchalarini anglatadi.

a) b) va e) javoblar to’g’ri;
b) aql va idrok;
c) sezish va his qilish ;
e) ong va insonning fikrlash qobilyati.

  1. “Sun’iy intellekt” atamasi nechanchi yida va qayerda taklif etilgan.

a) 1956 yilda Dartmut kolleji seminarida;
b) 1956 yilda Massachussets Texnologiya Institutida;
c) 1956 yilda Carnegie Mellon Universitetida;
e) 1956 yilda Dartmut Universitetida seminarida.

  1. Sun’iy intellekt -bu …………………………………tushunchalarini anglatadi.

a) b) va c) javoblar to’g’ri;
b) inson intellektining alohida funksiyalarini bajarishni ta’minlovchi avtomatik tizim;
c) qaror qabul qilish, muammoni hal qilish, o’qitish, o’rgatish kabi insoniy fikrlash bilan bog'liq bo'lgan faoliyat turlari;
e) kompyuter sxemasi.

  1. Sun’iy intellekt tizimi (SIT) -bu ……………………………. hisoblanadi.

a) barcha javoblar to’g’ri;
b) kompyuterli va kreativ tizim;
c) murakkab strukturali moslashish;
e) maqsadga erishish uchun muhit o’zgarishiga moslashish va soha o’zgarishidagi ichki holat.

  1. DENDRAL - qanday vazifani bajargan?

a) murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun qo’llaniladigan ekspert tizim;
b) idrok etuvchi, dinamik muhitda murakkab rejalarni amalga oshiruvchi ekspert tizim;
c) mehanik integrallashgan robotlarni boshqaruvchi ekspert tizim;
e) robotlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan ekspert tizim.

  1. MYCIN - qanday vazifani bajargan?

a) ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ekspert tizim;
b) murakkab rejalarni amalga oshiruvchi ekspert tizim;
c) iqtisodiy masalalarni boshqaruvchi ekspert tizim;
e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan ekspert tizim.

  1. PROSPECTOR -qanday vazifani bajargan?

a) foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ekspert tizim;
b) loyihalashni amalga oshiruvchi ekspert tizim;
c) biznes masalalarni boshqaruvchi ekspert tizim;
e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan ekspert tizim.

  1. Prolog, FRL, KRL, GUS - nima?

a) mantiqiy dasturlash tillari;
b) loyihalashni amalga oshiruvchi ekspert tizimlar;
c) biznes masalalarni boshqaruvchi muloqat tizimlar;
e) bank operatsiyalariga mo’ljallangan dasturlar.



Download 140.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling