1-ma’ruza. Yo‘llarni yuzaga kelishi r e j a
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
20 октября 2020 г. 5
3-rasm. Tashuvchi (arava)larning toshiga tushirilgan tasvirlariga misol.
Eng qadimiy g‘ildirakli tashuvchi arava Maxenjodaro (Pokiston)da qazish ishlarida topilgan. U taxminan eramizdan 4000 yil avvalgi davrga ta’luqli. 1949 yilda SSSRda g‘ildirakli tashuvchi (arava)larning qoldig‘i topilgan bo‘lib, u eramizdagi 3000 yil avvalgi davrga to‘g‘ri keladigan bo‘lib Dnepropetrovekga yaqin Dnepr sohilidagi “Ctrojevaya mogila” qo‘rg‘onidadir. K-harbiy ikki aravali (Jazoir sahrosidagi Tassilin-Adjer tekisligida (plato). Eramizdan oldingi 1 ming yillik; b-to‘rt g‘ildirakli hayvon qo‘shilgan arava va ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli arava (Kiruna, Shvetsiya XV eramizdan avval). Dastlab ot aravalar bir o‘qli harbiy g‘ildirak, bayram tantanalarida yurish g‘ildiraklari va dafn marosimlarida foydalanish g‘ildiraklari sifatida qo‘llanilgan. Ko‘chmanchi qabilalar tomonidan cho‘l xududlarida transport maqsadida hayvonlardan foydalanish boshlangan, bunda mahalliy er sharoitida yurish uchun to‘sqinlik bo‘lmagan. Ot-aravalarda yuklarni tashish birmuncha kechroq, o‘troq dehqonchilik qilish davrida boshlangan. Qo‘shni qabilalar bilan harbiy nizolar qo‘shni xalqlarni qaram qilib olish maqsadidagi urushlarga aylanib ketgan. Qurol kuchi bilan ushlab turuvchi quldorlik davlati rahbarlarining oldida ikki masala turardi: - qo‘shni hududlarni bosib olishni ta’minlash, qurollarga egalik qilish; - bosib olingan mamlakatlar ichida qullardan foydalanish va ularning qo‘zg‘alishini bostirish. Bu ikkita masalani echish uchun chegaralarga olib boradigan yo‘lning mavjudligini talab qiladi. Bronza asrning boshlarida savdo yo‘llari paydo bo‘lgan, qabila ichida yoki qabilalar orasida zaruriy ehtiyoj mollarini natural holda bir-birlariga almashtirish katta masshtabda yoyilib savdoga aylanib ketdi. Savdo boshlanishida o‘zaro ko‘p oraliq almashishlar asosida amalga oshirildi. Asta-sekin oraliq halqalar
|
ma'muriyatiga murojaat qiling