1-ma’ruza. Yo‘llarni yuzaga kelishi r e j a
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
20 октября 2020 г. 9
O‘z o‘rnida cho‘l yo‘llari uchun Qarshi juda muxim tugun tayanchi bo‘lgan va bu erdan (207 verst), Samarqandga, Termizga va undan keyin tog‘li Buxoroga yo‘l bo‘lgan. Buxoro yo‘lining ko‘p qismi o‘tish uchun og‘ir bo‘lgan so‘qmoqlardan iborat bo‘lgan. Buxorodan yagona yo‘l bo‘lib, u 15 ta mustaxkamlangan bekatlardan iborat bo‘lib, unda g‘ildirakli pochta aloqasi o‘rnatilgan. G‘uzor va SHerobod shaharlari orqali Samarqanddan Termizga yo‘l bo‘lgan. Bu yo‘l muhim savdo va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan.
Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining aholi zich joylashgan qismi ko‘p g‘ildirakli yo‘llar bilan kesib o‘tilgan. Soz tuproqdan o‘tkazilgan bu yo‘llar yozda qo‘rqinchli changli va qishda mislsiz loyli bo‘lgan. Bu yo‘lda juda ko‘p chuqur ariqlar bo‘lganligi uchun faqat ot – aravaarda harakatlanish mumkin bo‘lgan. Turkistonning bu qismida pochta aloqalari Skoblev (Faog‘ona) dan Namanganga va Andijondan O‘shgacha bo‘lgan.
Shimolda Toshkent cho‘l va tog‘ karvon yo‘llarining hamda g‘ildirakli yo‘llarning katta tuguni bo‘lgan.
Toshkent temir yo‘li qurilgancha O‘rta Osiyoda muxim bo‘lgan ikkita karvon va pochta yo‘lining tayanch punkti bo‘lgan. Bu yo‘llar bir tomondan Orenburg bilan, ikkinchi tomondan Vernыy (Olma – Ota) va Semipolatinsk shaharlarini birlashtirgan.
Toshkent – CHimkent – Turkiston – Kazalinsk – Orsk – Orenburg traktining uzunligi 2224 verst bo‘lib, o‘zaro 12 dan 29 verstgacha bo‘lgan masofada joylashgan 97 oraliq bekatlari bo‘lgan.
Bu trakt bo‘yicha yo‘l yurish juda qiyin, sekin va qimmat bo‘lgan. Samarqanddan Orenburgga tovarlar ayrim hollarda yarim yilda, zarurlari (tezkorlari) 2 – 3 oyda etkazib berilgan.
1. So‘qmoq yo‘llarni yuzaga kelishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 2. Savdo yo‘llari qanday paydo bo‘lgan? 3. Harbiy yo‘llar ahamiyati to‘g‘risida tuguntirib bering? 4. Davlatni boshqarish uchun yo‘llar ahamiyati. 5. Shahar ko‘chalarining paydo bo‘lishi va uning tarmoqlari. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling