ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
20 октября 2020 г.
7
1370 yilda Movarounnaxrni boshqargan Amir Temur xalqaro savdolarga
katta ahamiyat bergan. U Buyuk Ipak yo‘lini saqlashga uning yo‘nalishini
Movarounnaxr orqali o‘tishini tiklashga jonbozlik qilgan. Xorazmning
qo‘shilishi bilan Urganch bozorlarida o‘tayotgan savdo oqimi endi qaytadan
Samarqandga Amir Temur saltanatining markaziga yo‘naltirildi. 1370-yillarning
oxirida Amir Temur o‘z nigohini Xurosonga yo‘naltiradi. U orqali magistral
yo‘l Movarounnaxr orqali Xitoyga yo‘naltirilgan bo‘lib, Balxdan Hindistonga
yo‘l tutashgan edi.
Revolyusiyadan oldingi davrda Turkistonda yo‘l xo‘jaligini rivojlanishida
o‘sha davrdagi tuzum bo‘yicha podsho davlati Turkistonda mustamlaka
siyosatini olib borgan, buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi ushlanib qolingan, u esa aholining moddiy va ma’naviy holatida o‘z
aksini topgan, shuningdek sun’iy ravishda yo‘l qurilishi va yo‘l tarmog‘ining
yaxshilanishi to‘xtatilgan.
Shu bilan birga hududning kattaligi va daryo yo‘llarining kamligi qadimgi
davrlarda O‘rta Osiyo uchun to‘laroq yo‘lli karvon yo‘llari katta ahamiyatga ega
bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |