ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
20 октября 2020 г.
6
chiqib ketib, tovar etkazib berish yo‘nalishlari o‘zgarib ketdi. Engil va xavfsiz
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tuvchi savdo yo‘llari shakllana bordi. Ular asosan suv
yo‘llari orqali amalga oshirildi va ba’zi paytlarda quruqlik bo‘laklaridan ham
o‘tdi.
Savdogarlar uchun savdo yo‘llarini paydo bo‘lishi kuzatildi. Ular zarur
ehtiyoj va qimmatli mollarini kichik hajmlarda tashishdi, bular tuz, taqinchoqlar,
metallarlardir. Kam uchraydigan mis, qalay va bronzalarning paydo bo‘lishi va
almashish uchun asosiy vosita bo‘lganligi uchun savdoning rivojlanishiga sabab
bo‘ldi.
Arabistonda boshlangan “Ipak yo‘li” Antioxo va Bag‘dod orqali Marvga
qarab yurdi. SHundan so‘ng karvonlar Tyan-Shanni shimoli Samarqand
(Maroqand), Qashg‘ar, Turfan yoki Farg‘ona vodiysiga chiqib Tyan-SHanni
janubidan burilib Balx, Yorkend va Xitoy orqali yurishgan va Buyuk Xitoy
devori oldida ikkala yo‘nalish qo‘shilgan.
4-rasm. Buyuk Ipak yo‘li.
O‘zbekistonda S.P.Tolstov ekspeditsiyasi aeroqurilishlar usulini qo‘llab
X-XI asrlarga ta’luqli “Xorazmshoh podsho” yo‘lini aniqladi 4-rasm. Bu yo‘l
Urganchdan chiqib Janubiy EMbe orqali Ural va Volga daryolariga chiqqan.
Karvonsaroy va quduqlar karvonning bir kunlik yo‘li 25 km masofada o‘zaro
joylashishgan. Karvonsaroylarning arxitekturasida kesilgan toshlarning va
burchaklarida dekorativ ishlov berilgan xom-ashyolarning bo‘lishi Xorazmning
Volga bo‘yicha qiziqishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |