1-Ma’ruza Yuqori molekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo manbalari
Download 33.25 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Monomerlar ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy yo’nalishlari Tayanch iboralar
1-Ma’ruza Yuqori molekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo manbalari Reja: 1.1. Sun’iy materiallarning ishlab chiqarishdagi ahamiyati 1.2. Tabiiy, sun’iy va sintetik polimerlar 1.3. Tabiiy, sun’iy va sintetik yuqori molekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo manbalari 1.4. Monomerlar ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy yo’nalishlari Tayanch iboralar: kauchuk, kompozitsion, vatsulik, kriteriy, monomer, dimerlash, dispropersionerlash. Adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6,7,8,9 1.1. Sun’iy materiallarning ishlab chiqarishdagi ahamiyati Yangi turdagi xom ashyoda polimer materiallarni ishlab chiqarishni rivojlanishi kimyo sanoati uchun va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun dastlabki mahsulotlarning qo’shimcha resurslarini yaratish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning zamonaviy rivojlanish darajasida sintetik materiallar kelajakdagi texnik progressning, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning muhim faktoridir. Masalan, kauchuk asosida tayyorlanadigan rezina buyumlarisiz sanoatning birorta tarmog’i yetarli ishlay olmaydi. Plastmassasiz zamonaviy avtomobil yaratishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Sintetik polimerlar aviasozlikda va raketasozlikda juda muhim rol oynaydi. Bu tarmoqlarda qo’llaniladigan materiallatni aksariyat qismi polimer kompozitsion materiallarni tashkil qiladi. Yuqori molekulyar birikmalar olish uchun ishlatiladigan monomerlarni guruhlarga turli tamoyillar asosida bo’lish mumkin. Masalan, organik birikmalarni tasvirlash prinsiplari asosida: uglevodorodlar, kolloidli hosilalar, oqsil hosilalar, aminlar, aksobirikmalar, kislotalar va hokazo. Ammo bunda bu toifaga qat’iy amal qilish ko’p marta bir xil narsalarni qaytarishga olib kelardi. Xuddi shunday kamchiliklar monomerlarni polimerlanish usullari boyicha tasdiqlanish yuzaga chiqadi. Vatsulik monomerlarni ion mexanizmi boyicha ketadigan birikish reaksiyalarida qo’shbog’lar o’zlarini tutishlari boyicha guruhlarga bo’lishni taklif qildi. Bunda monomerlarni organik birikmalarning qaysi sinfiga taalluqligi inobatga olinmaydi. Ma’lum guruhlarga ajratilgan monomerlarni qo’shbog’lari bu reaksiyalarda o’zlarini faqat shu guruhga xos bo’lgan tarzda tortadi. Tasdiqlanishni ikkinchi muhim meyori (kriteriy)- bu molekulani strukturasidir. Polimerlanuvchi monomerlarda struktura molekulani polimerlanish qobiliyatini tashuvchi qo’sh bog’lar soni bilan aniqlanadi. Bundan farqli polikondensiyalanishga qodir monomerlarda struktura polikondensatsiya reaksiyasi sodir bo’ladigan funksional guruhlar soni bilan belgilanadi. Shunga asosan polimerlanuvchi monomerlar 2ta guruhga bo’linadilar: birinchi guruh – vinil monomerlari yoki bitta qo’sh bog’li monomerlar; ikkinchi guruh ikkita qo’sh bog’li birikmalar – бutадiеn hosilalari. Xuddi shu tariqa polekondensatsiyalanish uchun monomerlar ham guruhlarga bo’linadi: birinchi guruh – ikkita funksional guruhli monomerlar; ikkinchi guruhga – uch va undan ortiq funksional guruhli birikmalar kiradi. Monomer sifatida qo’llaniladigan oligomerlar alohida guruhni tashkil qiladi. Bu bo’linish sxematik ravishda quyidagicha ko’rishga ega: Download 33.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling