1-Ma’ruza Yuqori molekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo manbalari


Monomerlar ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy yo’nalishlari


Download 33.25 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi33.25 Kb.
#1156056
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

1.4. Monomerlar ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarishda ular tannarxining 50%i va undan ko’p qismi monomerlar ulushiga to’g’ri keladi. Shu sababli bu sohada quyidagi muammolar yechimi hal qilinishi lozim:
1. Monomerlar sintez qilishning bir bosqichli jarayonlarini yaratish (ko’p bosqichlilari o’rniga)- endotermik degidronlash jarayonlarini ekzotermik oksidlanib gidrogenlashga almashtirish;
2. Qo’llanilayotgan katalizatorlarning selektivligini va bir o’tishda xom ashyo konversiyasini oshirish;
3. Birlik quvvati qayta va yuqori samaradorli pishiq bo’lgan jihozlar (reaksion, issiqlik almashinuv, massa almashinuv) yaratish;
4. Monomerlarni ajratib olish va tozalash jarayonlarining barcha bosqichlarida yonaki asosiy bo’lmagan reaksiyalarini bartaraf qilish;
5. Ishlab chiqarishning barcha chiqindilarini va asosiy bo’lmagan mahsulotlarni qimmatli materiallarga aylantirish evaziga, ulardan kompleks foydalanish;
6. Olefinlarni zamonaviy dimerlash, dispropersionerlash va oksidlab degidrogenlash jarayonlarini qo’llab, piroliz mahsulotlari asosida monomerlarning yirik quvvatli ishlab chiqarishini yaratish;
7. Mahsulot sifati va jarayonlarni boshqarishning avtomatik sistemasini ishlab chiqish.
Monomerlar ishlab chiqarishni xom ashyo bilan ta’minlash muhim muammolardan biridir. uglevodorodlarni barcha resurslarini izlab topish va ulardan to’la foydalanish Respublikamizda sintetik kauchuk ishlab chiqarishni yo’lga qoyish imkonini beradi. Bu resurslarga gaz kondensatlari, tabiiy gazlardan ajratib olingan fraksiyalari kiradi. Bitta xom ashyo manbaiga asoslangan neft kimyosi kompleksining sxemasi quyidagicha tasvirlanadi:

Shina sanoatida natural va izopren kauchuklari ko’p qo’llaniladi. Kauchuklar orasida izopren sintetik kauchugi eng samarali hisoblanadi. Shu sababli izoprenni sintez qilishning yangi va tejamli texnologiyalari yaratilmoqda, ya’ni izopentanni vakuumda bir bosqichli degidrogenlash, izobutilen va izopentan asosida bir bosqichda izopren sintez qilish texnologiyalari yaratilmoqda.
Eng ko’r tarqalgan monomerlardan biri ctipol bo’lib, etilbenzolni degidrogenlashga asoslangan. Qisman stirol uglevodorodlar pirolizlangan fraksiyasidan olinadi. Kelgusida sanoatda stirolni va propilen oksidni birgalikda ishlab chiqariladi.


Nazorat savollari

1.1. Yuqori molekulyar birikmalar qanday usullar yordamida olinadi?


1.2. Polimerlar qanday kimyoviy birikmalar hisoblanadi?
1.3. Polimerlar xossasiga ko’ra necha turga bo’linadi?
1.4. Organik sintez sanoati uchun qanday xom ashyo ishlatiladi?
1.5. Monomerlar ishlab chiqarishni qanday xom ashyo bilan ta’minlanadi?
Download 33.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling