Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish


Download 278.02 Kb.
bet1/13
Sana09.06.2023
Hajmi278.02 Kb.
#1473735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12-LABORATORIYA ISH


LABORATORIYA 12
Beshinchi vа oltinchi guruh kаtionlаrigа xos reаksiyalаr
Maqsad:
V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish.
Mavzuning ahamiyati
Laboratoriya ishi ucun kerakli
Reaktivlar
1. Tuzlarning eritmalari:
MgCl2, temir (II) sulfat, temir (III) xlorid, marganes (II) xlorid, vismut (III) xlorid, mishyak (III) xlorid, mishyak (IV) xlorid, oksalat kislota, o’yuvchi ishqorlar, natriy gidrofosfat, eruvchan karbonatlar Na2CO3 va K2CO3, magnezon I (4-azo(4-nitrofenil) 1,3dioksibenzol), dimetilglioksim (Chugayev reaktivi), sulfasalitsil kislotasi, qalay (II) xlorid, nessler reaktivi, oksixinolin, ammiak, PbO2,natriy atsetat, ammoniy xlorid, kaliy yoki ammoniy tiotsianat, kaliy yodid, natriy yoki ammoniy sulfidi -1mol/dm3;
Yangi tayyorlangan natriy sulfatning to‘yingan eritmasi, natriy xlorid, natriy gidrofosfat, kaliy geksatsianoferrit (II) va geksatsianoferrat (III) C=1mol/dm3;
2. Kislota va asoslarning eritmalari:
Sulfat kislota 1:3, xlorid kislota 1:1, sirka kislota 1:1; Yangi tayyorlangan vodorod sulfidli suv
3. Kristall xolida: tiomochevina, natriy vismutat, ammoniy tuzlari (xlorid yoki nitrat).


V ANALITIK GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI
Guruhning umumiy tavsifi
Magniy, marganets, temir (II) va temir (III)ning nitrati, xloridi, sulfatlari suvda eruvchan. Temir (III)ning suyultirilgan eritmasi sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli, qolgan kationlarning eritmalari rangsiz bo‘ladi. Vismut (III) suvli eritmasida gidrolizlanadi. Shuning uchun kislotali eritmalari ishlatiladi. U konsentrik xlorid kislota bilan kompleks anion hosil qiladi: [BiCl6]3-.
V guruh kationlarining karbonat va fosfatlari suvda kam eriydi. Shu guruh kationlarining gidroksidlari asos xossasiga ega bo‘lib, ishqor va ammiak eritmalarida erimaydi. Ammo, mineral kislotalar (HNO3, HCl, H2SO4)da yaxshi eriydi. Magniy gidroksidi ammoniy tuzlarining to‘yingan eritmasida eriydi:
Mg(OH)2 + 2NH4+ = Mg2+ + 2NH3 + 2H2O
V guruh kationlari (magniydan tashqari) oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kirishadi: masalan Mn2+ kationini ochish uchun kislotali sharoitda natriy vismutat ta’sir ettiriladi.
Ishqoriy sharoitda, vodorod peroksid ishtirokida Mn (II), Fe (II) oksidlanib, ularning oksidlanish darajasi Mn (IV),Fe (III)ga o‘tadi.
V guruh kationlari noorganik (Cl-, F-, NCS- va boshqalar) va organik ligandlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.

Download 278.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling