1-Ma’ruza Yuqori molekulyar birikmalar olish uchun xom ashyo manbalari
Tabiiy, sun’iy va sintetik polimerlar
Download 33.25 Kb.
|
1-маъруза
1.2. Tabiiy, sun’iy va sintetik polimerlar
Polimerlar (yunoncha polymeres-ko’p qismlardan tashkil topgan) molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli ko’p sonli takrorlanuvchi guruhlar (monomer zvenolari) dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalardir. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinasion valentlik kuchi vositasida bog’langan. Polimerlar tabiiy ya’ni biopolimerlar- oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy smolalar va sintetik- polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar kabi polimerlarga bo’linadi. Polimerlar bip xil strukturali zvenolar (masalan, polibinilxlorid yoki o’zaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan bo’ladi, masalan binilxlorid va vinilasetat sopolimerlari. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil bo’lgan polimerlar oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 molekulasi qo’shilashidan hosil bo’lgan molekula dimmer deyiladi. Polimer molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan hosil qilinadi. XX asrning 2-yarmidan boshlab polimer sintezining yangi usullaini ishlab chiqildi, ya’ni: a) tayyor polimerga biror yangi, qo’shimcha monomerni kimyoviy payvandlash. Bu tayyor polimer molekulasining faollashishiga va erkin radikallar hosil bo’lishiga yordam beradi. Bunda polimerning chiziqsimon molekulasiga polimerlanuvchi qo’shimcha monomer yon tarmoqchasi payvandlanadi; b) ikki tayyor polimer zanjirini kuchli mexanik ta’sir ostida uzib, makromolekula bo’laklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, ya’ni blok polimerlar hosil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (puxtaligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr o’tkazmaslik kabilar) o’zgartirishga imkon beradi. Polimerlarning tarkibi va sintez usullariga ko’ra, ulardan qattiq va elastik, puxta va mo’rt, issiq va sovuqqa chidamli, kimyoviy ta’sirlarga bardoshli kabi xossaga ega bo’lgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun polimerga to’ldirgichlar va boshqa moddalar qo’shiladi. Polimerlar ishlab chiqarish dastlab murakkab bo’lmagan moddalar, ko’mir va yog’ochni qayta ishlash mahsulotlari (masalan, fenol, formalin) ga asoslangan edi. Keyinchalik polimerlar olish uchun neftni qayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilg’ilarni qayta ishlash mahsulotlari, yog’och va turli o’simlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan bo’ldi. Polimerlar xossasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: kauchuklar- keng temperatura oralig’ida qayishqoqlik xossasini yo’qotmaydigan polimerlar; plastmassalar- yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oralig’ida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq polimerlar; sintetik tolalar- yuqori temperaturada yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip bo’lib cho’ziladigan polimerlar; lok va boyoqlar- yeyilishga chidamli, metal, yog;och va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik ta’sirlarga chidamli polimerlar. Polimerlarning xossasi turlicha bo’lganligidan ular qora va rangli metallar, yog’och, tosh, suyak, shisha kabilar o’rnida ishlatiladi. Ba’zi bir sintetik polimerlar ion almashuvchi smolalar, qon plazmasi o’rinbosari sifatida, tuproqni strukturalashda qo’llaniladi. Download 33.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling