1 Ma’ruza“Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” faniga kirish Reja: «Jarayon va qurilmalar»
Download 58.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarayonlarning nazaryasi, Mashina va qurulmalarning tuzulishi va ishlashi Asosiy texnologik jarayonlar klassifikatsiyasi
- Sanoat jarayoni
- Texnologik q urilma
- Gidromexanik jarayonlar
Nazorat savollari
1.«Jarayon va qurilmalar» fanining kelib chiqishi haqida ma’lumot bering? 2. «Jarayon va qurilmalar» fanining rivojlanish tarixi? 3. Jarayon va qurilmalar» faninig mazmuni nimadan iborat? 4. Modellashtirish deganda nima tushuniladi? Jarayonlarning nazaryasi, Mashina va qurulmalarning tuzulishi va ishlashi Asosiy texnologik jarayonlar klassifikatsiyasi Jarayon va qurilmalar fanining rivojlanishi texnologik jarayonlarning ilmiy asoslangan klassifikatsiyasi va tushunchalar sistemasini yaratish imkonini berdi. SHuning uchun sanoat jarayoni, texnologiya va texnologik qurilma, mashina kabi asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz. Sanoat jarayoni - ma’lum natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan ketma-ket harakatlarning majmuasi va yig‘indisi. Texnologiya - bu xom-ashyodan avvaldan belgilangan xossalarga ega mahsulot olish maqsadida o‘tkaziladigan bir qator usullardir. Texnologiyaning fan sifatidagi maqsadi eng samarador va tejamkor texnologik jarayonlarni aniqlash va amaliyotda qo‘llash uchun fizik, kimyoviy, mexanik va boshqa qonuniyatlarini o‘rganishdir. Texnologik qurilma - texnologik jarayonlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan kurilma", uskuna yoki moslama yoki jihoz. Mashina — energiya yoki materialni o‘zgartirish uchun mexanik harakat qiladigan uskuna yoki moslama. Kimyo, ozik-ovkat va boshqa texnologiyalarni ko‘p qirrali, turli asosiy jarayonlarning o‘tish qonuniyatlariga qarab asosan 6 guruhga ajratsa bo‘ladi: 1) gidromexanik jarayonlar; 2) issiqlik almashinish jarayonlar; 3) massa almashinish jarayonlar; 4) mexanik jarayonlar; 5) kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar; 6) sovitish jarayonlar. Gidromexanik jarayonlar - bu shunday jarayonlarki, ularning tezligi mexanika va gidrodinamika qonunlari bilan belgilanadi. Ularga truba va qurilmalarda gaz va suyuqliklarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish, emulsiya va suspenziyalarni chuktirish, filtrlash, sentrifugalash kabi usullarida ajratish, teskari osmos va ultrafiltrlash, donador, sochiluvchan materiallarni mavhum qaynashi kabi jarayonlar kiradi. Har bir sanoatda qaysi jarayon bo‘lishidan qat’iy nazar, uning tezligini oshirishga harakat kilinadi, chunki jarayon tezligini ko‘payishi qurilmaning ish unumdorligini o‘sishiga olib keladi. Gidromexanik, issiqlik va massa almashish, hamda kimyoviy jarayonlarning kinetik Qonuniyatlari qo‘yidagi umummy qonun ko‘rinishida ifodalanishi mumkin: jarayonning tezligi harakatlantiruvchi kuchga tug‘ri va qarshilikka teskari proporsional. Agar, qarshilikka teskari kattalikni tezlik koeffitsienti deb belgilasak, gidromexanik jarayonlar uchun kinetik tenglama ushbu ko‘rinishga ega bo‘ladi: i bu erda V – oqib o‘tadigan suyuqlik miqdori; F - ko‘ndalang kesim yuzasi; - vakt; - jarayonning tezlik koeffitsienta; - xarakatga keltiruvchi kuch (bosimlar farqi); - gidravlik karshilik Download 58.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling