1 Ma’ruza“Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” faniga kirish Reja: «Jarayon va qurilmalar»


«Jarayon va qurilmalar» fanining rivojlanishi


Download 58.65 Kb.
bet2/5
Sana04.10.2023
Hajmi58.65 Kb.
#1691491
1   2   3   4   5
2.«Jarayon va qurilmalar» fanining rivojlanishi;
«Jarayon va qurilmalar» fani O‘zbekistonda o‘tgan asrda ilk bor rivoj topa boshladi. 1950-60 yillarda Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent poli­texnika instituti (ToshPI)ning Kimyo-texnologiya fakultetida «jarayonlar va qurilmalar» faniga alohida e’tibor berildi.
ToshPIning etuk olimlari M.I.Niyozov, N.U.Rizaev, I.P.Levsh, O.B.Erofeeva va HT.Toshpulatovlar fanning turli bo‘limlari bo‘yicha il­miy maktablar tashkil etishdi.
O‘tgan asrning 70-80 yillarida shu darslik mualliflaridan tashqari Z.Salimov, O.K. Ubaydullaev, V.I.Levsh va boshqalar jarayon va qurilmalar fani bo‘yicha yangi yo‘nalishlarga ilmiy raxbarlik qilishdi, katta yutuqlarga erishishdi, o‘z ilmiy maktablarini tashkil etishdi va shu kungacha faol ishlab kelishmoqda.
90-yillarda M.M.YUsipov (ion almashinish jarayonining nazariy asoslari), B.E.Muxamedov (paxta chigiti shrotidan erituvchini ajratish), SH.N.Nuritdinov (qattiq faza ishtirokidagi massa almashinish jarayonlarini modellash), U.V.Mannanov (murakkab reaksion-ajratish jarayonlarida issiqlik va massa almashinish) lar doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi va shu kungacha o‘z izlanishlari bilan jarayon va qurilmalar fanining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishmokda..

«Jarayon va qurilmalar» faninig mazmuni va mohiyati

«Jarayon va qurilmalar» fani bakalavrlarni tayyorlashda umummuhandislik bo‘lim fanlaridan, maxsus fanlarni o‘rganishga o‘tishda eng muhim vazifani bajaruvchi zarur fandir.


Xozirgi kun fanining aniqlovchi va tavsiflovchi belgilaridan biri bu sanoat va texnikaning fan bilan uzviy bog‘lanishining chuqurlashishi va kengayishidir. Dunyoning ko‘pchilik taniqli olimlari fan va uning amaliyotda qo‘llanishi bir butun va uzviy bog‘lik, ekanligini ta’kidlashgan.
«Jarayonlar va qurilmalar» fani xaqidagi zamonaviy ta’lim kimyo, fi­zika, matematika, mexanika, issiqlik va sovuqlik texnikasi, elektrotexnika, kimyoviy kibernetika, materialshunoslik, sanoat iqtisodiyoti va boshka sohalar fundamental fanlarining asosiy qonunlariga tayanadi. Lekin, jara­yonlar va qurilmalar tug‘risidagi ta’lim fan sifatida aniq alohida kurs bo‘lib, o‘zining tajriba, hisoblash uslublari, hamda nazariy qonuniyatlari bilan ajralib turadi.
Kimyo, ozik-ovkat, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash, far­matsevtika va halk xo‘jaligi sanoatlarining boshqa tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan jarayonlar va qurilmalar asosiy jarayonlar va qurilmalar deb ataladi.
Istalgan kimyoviy yoki boshqa texnologik jarayon, uning turli uslublarda o‘tkazilishidan qatiy nazar, o‘zaro bir-biriga bog‘lik tipik texnologik bosqichlar majmuasidan iborat.
«Jarayon va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu jarayonlarnn amalga oshiradigan mashina va qurilmalarning tuzilish prinsiplari va ularni hisoblash uslublari o‘rganiladi.
Ma’lumki, kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tehnologiyalari murakkab va ko‘pincha bir necha jarayonlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Ushbu darslikda asosiy jarayonlar asoslari keltirilgan bo‘lib, ular­ni o‘rganish uchun bir xil kinetik qonuniyatlar qo‘llanilgan.
Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda «Ja­rayon va qurilmalar» fanining ahamiyati katta. Bu fan asosida turli xil jarayonlarning hisoblash va tahlil qilish, ularning optimal parametrlarini aniqlash, zarur qurilmalarni hisoblash va loyihalash mumkin. Undan tashqari, ushbu kursda laboratoriya sharoitidagi jarayon va qurilmalardan sanoat jarayon va kurilmalariga masshtab usulida o‘tish qonuniyatlari ham o‘rganiladi. Bu qonuniyatlarni bilish, ko‘p tonnalik sanoat jarayon va qurilmalarini loyihalashga yordam beradi va zarur.
Laboratoriya sharoiti va kichik sistemalarda olingan tajribaviy natijalardan sanoat va katta kimyoviy texnologik sistemalarda foydalanish qonuniyatlari modellashtirish deb yuritiladi.
Modellashtirish «jarayon va qurilmalar» fanining muhim vazifalaridan biri va ajralmas qism i deb hisoblanadi. «Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya», «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi», «Don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi», «Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi», «Atrof muhit muhofazasi», «Kasbiy ta’lim» yo‘nalishlaridagi bakalavrlar keng muhandaslik dunyoqarashga ega mutaxassislar bo‘lishi kerak.
Undan tashqari, ular jarayonlarni texnologik qurilmalar bilan jihozlashning ilmiy prinsiplarini tushunishi, kurilmalarni texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini tahlil qilish, baholash va eng optimal qurilmani tanlash, jarayonlar samaradorligini va tejamkorligini oshirish omillariii aniqlash, energiya sarfini va mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llarini bilishlari kerak.
Undan tashqari, bakalavrlar sanoat samaradorligini oshirish uchun ilmiy tadqikot usullarini mukammal bilishlari zarur.



Download 58.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling