4) Milliy xavfsizlikni ta’minlash:
* respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlashtirish;
* turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NATO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlash.
6-Topshiriq: Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillarini ayting va qisqacha izoh yozing.
1) Byurokatlarcha markazlashuv – boshqarish obyektiga nisbatan bo’lgan munosabat maksimal ravishda, qat’iy darajada buyriqlashgan.
2) Nomenkulatura – lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan qat’iy ravishda oldindan ro’yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi;
3) O’z-o’ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo’rish – aslida bu tizimning qonun-qoidalari, prinsiplari amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
4) Demokraatiyani tan olmaslik – demokratiyani tan olish degan so’z ular uchun hokimyatni yo’qotish bilan baravar.
5) Buyruqbozlik – boshqacha bo’lishi mumkin emas. Faqatgina shundagina kuch ishlatish, qo’pol ravishda majburlash kabilar o’z ijrosini topish mumkin.
6) Formalizm, rasmiyatchilik – bu qog’oz bozlikning “ota”si, to’rachilik muhitini yaratuvchi dahshatli tamoyildir.
7) Mahdudlik – ma’muriy bo’ruqbozlik tizimi o’zining sir-asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga harakat qiladi.
8) Konservatizm – yangilikka nisbat ayovsiz tamoyil.
Do'stlaringiz bilan baham: |