1-маърўза: Кириш
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
(5.7) bunda V 0 - t 0 haroratda termoballondagi suyuqlik hajmi; - termoballon materiali chiziqli kengayishining harorat koeffitsienti; - suyuqlik hajmiy kengiyishining koeffitsienti (5.7.) tenglamadan ko‟rinadiki, qizdirishda suyuqlik hajmining o‟zgarishi haroratning chiziqli funksiyasidan iborat ekan. Shuning uchun suyuqlikli termometrlarning shkalasi gazli termometrniki kabi tekis bo‟ladi. 30 Termometrdagi suyuqlik qaynab ketmasligi uchun undagi boshlang‟ich bosim 1,47…….1,96 мН/м 2 (15…….50kg/sm 2 ) ga Еtkaziladi. Atrof-muhit haroratining o‟zgarishidan kelib chiqadigan hatolik suyuqlikli termometrlarda gazli termometrlarga qaraganda katta. Bu hatoliklar gazli termometrlar uchun hisoblanadigan formulalar yordamida hisoblanadi. Kapillyar haroratining o‟zgarishida ayniqsa hatoliklar yuzaga keladi. Shu bilan kapillyarning uzunligi katta bo‟lganda kompensatsion qo‟rilmalardan foydalaniladi. Unda asosiy kapillyar bilan bir qatorda qushimcha kapillyar ham bor. Uning bir uchi termoballon yaqinida ta„mirlab berkitilgan bo‟lib, ikkinchi uchi esa yordamchi prujina bilan ulangan. Ikkala kapillyar ikkala prujina ham bir xil xarakteristikaga ega. Ikkala prujina bir-biriga teskari yo‟nalishda harakat qiladi. Bu bilan atrof-muhit haroratining asbob ko‟rsatishiga ta„siri yo‟qotiladi. Suyuqlikli manometrik termometrlarning aniqlik sinfi 1; 1,5 va 2,5. 5.4.Kondensatsion manometrik termometrlar. Manometrik kondensatsion (bug‟-suyuqlikli) termometrlar -50 0 С dan +300 0 С gacha haroratlarni o‟lchaydi. Kondensat sifatida freon (SHF2Cl, - 25 0 С ……+80 0 С gacha); propilen (S3N6, - 50 0 С ……+60 0 С gacha); xlorid metil (SN3Cl, 0 ……+125 0 С gacha); atseton (S3N6O, 100 0 С ……+200 0 С gacha); etil benzol (S8N10, 160 0 С ……+300 0 С gacha) va hokazolar ishlatiladi. Bu termometrlarning termoballonlari hajmining 2/3 qismi past haroratda qaynaydigan suyuqlik bilan to‟ldiriladi. Termometrlarning berk sistemasida doim bug‟lanish va kondensatsiyalanishning dinamik muvozanati mavjud. Harorat kutarilishi bilan birga bug‟lanish kuchayib, bug‟ning elastikligi o‟sadi, shuning uchun kondensatsiyalanish jarayoni kuchayadi. Buning natijasida tuyingan bug‟ ma„lum haroratda mos muayyan bosimga erishadi. Bug‟ bosimi harorat o‟zgarishi bilan o‟zgarib, kapillyarni to‟ldirgan muhit orqali manometrik naychaga utadi. Tuyingan bug‟ bosimining o‟zgarishi harorat o‟zgarishiga proporsional emas, shuning uchun kondensatsion termometrning shkalasi notekis chiqadi. Termoballon o‟lchamlari kichik (diametri 10-12 mm, uzunligi 80-125 mm). Termometr sistemasidagi bosim o‟lchanayotgan haroratning yuqori chegarasida 3,5 MN/m2 dan oshmaydi, pastki chegarasida esa bir necha yuz KN/m2 ni tashkil etadi. Manometrik termometrlar ichida kondensatsion termometrlar eng kam kechikishga ega. Aniqlik sinfi – 1,5; 2,5; 4. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling