1-маърўза: Кириш


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana23.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1225106
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Kitob 6829 uzsmart.uz

NAZORAT SAVOLLARI: 
 
1. Termoelektrik termometrlarni to‟zilishini izohlab bering. 
2. Termoelektrik termometrlarni ishlash uslubini tushuntiring. 
3. Termoelektrik termometrlarni sovuq kavshar harorati o‟zgarishiga qo‟shimcha 
kiritishni izohlab bering. 
4. Termoelektrik uzaytiruvchi simlar nima? 
5. Issiq ulanma nima? 
6. Standart termoelektr termometrlarni aytib bering. 
7. Termoelektr zanjir nima?
8. Termo E.Y.K. ni millivoltmetr yordamida o‟lchash chizmasini chizib, undagi 
qarshiliklarni ifodalab bering. 
9. Millivoltmetrni ko‟rsatishiga tashqi muhit haroratini o‟zgarishini ta„sirini 
kamaytirish usullarini izohlab bering. 
10.Termoelektrik termometr bilan millivoltmetr zanjiriga sovuq kavshar haroratini 
o‟zgarish ta„sirini kamaytirish usullarini izohlab bering. 


37 
7-ma„ruza: TERMOELEKTR TERMOMETRLARDA IKKILAMCHI 
ASBOBLAR: MAGNITOELEKTRIK MILLIVOLTMETR VA AVTOMATIK 
POTENSIOMETRLAR. 
Reja: 
7.1.Termoelektr 
termometr 
erkin 
uchlari 
haroratining 
o‟zgarishini 
kompensatsiyalash usullari. 
7.2.Magnitoelektrik millivoltmetrlar. 
7.3.Avtomatik potensiometrlar. 
7.4.Avtomatik potensiometrlarning o‟lchash sxemasini hisoblash. 
 
Tayanch 
iboralar: 
Magnitoelektrik 
millivoltmetrlar, 
erkin 
uchlar, 
kompensatsiyalash, avtomatik potensiometrlar, potientsiometrik o‟lchash usuli 
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5. 
7.1.Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining o‟zgarishini 
kompensatsiyalash usullari. 
 
Termojuft sovuq ulanmalari harorati o‟zgarmas bo‟lgandagina to‟g‟ri o‟lchaydi. 
Ammo bu ulanmalar harorati o‟zgarmas bo‟lib qola olmaydi. Shuning uchun 
termometrning sovuq ulanmasini o‟lchash ob„ektidan o‟zoqroqqa haroratning 
o‟zgarmas zonasiga olish lozim. Shu maqsadda maxsus kompensatsion (uzaytiruvchi) 
simlardan foydalaniladi. Haroratning o‟zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi. 
Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko‟prik sxemalar 
qo‟llaniladi. (7.1-rasm).
7.1-rasm. Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik 
 kompensatsiyalash sxemasi: 
1-kompensatsiya ko’prigi; 2-termojuft; 3-millvoltmetr; 4-tok manbai. 
Ko‟prik termojuftga ketma-ket ulanadi. Uning R
1
, R
2
, R
3
tomonlari 
manganindan, R
4
tomoni esa misdan ishlanadi. Rg qushimcha qarshilik ko‟prikka 


38 
berilgan kuchlanishni etarli darajada etkazib berish uchun xizmat qiladi. Energiya 
o‟zgarmas tok manbaidan olinganda 
g
R
ning o‟zgarishiga qarab ko‟prikni turlicha 
darajalangan termojuftlar bilan ishlashga rostlash mumkin. Termojuftdan 
kompensatsion ko‟prikkacha termoelektrod simlar o‟tkaziladi, ko‟prikdan o‟lchash 
asbobigacha esa mis simlar ulanadi. 
Termojuft erkin uchlarining darajalanish haroratida ko‟prik muvozanat holatda 
bo‟lib, ko‟prikning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi nolga teng bo‟ladi. Erkin 
uchlarining harorati o‟zgarishi bilan birga 
4
R
qarshilikning qiymati ham o‟zgaradi. 
Natijada ko‟prik muvozanati bo‟ziladi va uning 
ab
uchlaridagi potensiallar ayirmasi 
o‟zgaradi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o‟zgarishi sababli 
paydo bo‟lgan TEYKning teskari ishorali qiymatiga teng bo‟ladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling