1-маърўза: Кириш
Sochiluvchan moddalarning sathini o‟lchash
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
15.4.Sochiluvchan moddalarning sathini o‟lchash
Bunker va boshqa qurilmalardagi sochiluchan moddalarning sathini o‟lchash suyuqliklar sathini o‟lchashdan ancha farq qiladi, chunki materialning ob„ektda joylashish tavsifi uning sathi haqida gorizontal sirt kabi fikr yuritishga imkon 101 bermaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatining ko‟pgina texnologik jarayonlarida sochiluvchan materiallar sathini uzluksiz o‟lchash kerak bo‟ladi. Buning uchun qalqovichli, elektrik, radioaktiv va vaznli sath o‟lchagichlar ishlatiladi. Doimiy cho‟kadigan qalqovichli sath o‟lchagichning ishlash prinsipi qalqovichning sochiluvchan material ichiga tushib ketmay, uning sirtida qalqib turishiga asoslangan. Sochiluvchan materiallarning vaznli sath o‟lchagichlari bunkerni osib quyish konstruktiv qiyinchiliklarini hosil qilmaydigan va materialning bunkerga solinishi hamda undan to‟kilishi bir me„yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O‟zgartgich sifatida turli vaznli qurilmalar qo‟llaniladi. Masalan, agar bunker prujinali tayanchda turgan bo‟lsa, chegarali sath o‟zgartgichi sifatida chetki o‟chirgichlar ishlatilishi mumkin. Bunker yuklanganda, prujinali tayanch siqiladi va bunker vertikal bo‟yicha o‟zaro ta„sirlashib, bunker to‟lganda va bo‟shaganda o‟chirgichlarning ishlab ketishini ta„minlaydi. Vaznli sath o‟lchagichlarda o‟zgartgich sifatida messzodlar ishlatiladi. Bunda bunker tayanchiga ko‟rsatilgan bosim o‟lchanadi. Bu bosim bunkerni material bilan to‟ldirish funksiyasidan iborat. Asbobning komplekti sath yoki vazn birligida darajalangan va manometr bilan naychalar orqali ulangan gidravlik mesezodadan iborat. Porshen elastik membrana bilan germetiklangan. Messzoda, ulaydigan naycha va manometrning prujina li suyuqlik bilan to‟ldirilgan. Memmzoda-manometr tizimidagi bosim material bilan to‟ldirilgan bunker og‟irlik kuchining messzoda porsheni yuzasiga bo‟lingan qiymatiga teng. Bunday sath o‟lchagichlar uchun manometr strelkasining shkaladagi boshlang‟ich (nol) holati bunkerning bo‟sh holatiga mos keladi. Shunday qilib, shkla bunkerni to‟ldiradigan material vaznini ko‟rsatadi. Bu asboblar nazorat qilinayotgan modda bosimini o‟zgartiruvchi o‟zgartgichlarning qo‟llanishiga asoslangan. Bunkerning devorida turli balandlikda membrana o‟rnatiladi yoki uchiga plastinka yoxud shar o‟rnatilgan mayatnik osiladi. Sochiluvchan materialning bosimi ta„sirida membrana egiladi va kontaktlarga ulangan prujinani siljitadi. Prujinalar tegishli elektr signalini ta„minlaydi. Sathning pasayishi bilan prujina membrana va kontaktlarni boshlang‟ich holatga qaytaradi. Bunkerdagi sath ko‟tarilganda mayatnikning chetga chiqishi natijasida kontaktlar ulanadi. Hozirgi paytda kimyo sanoatida ishlatiladigan sochiluvchan jismlar sath signalizatorlari va o‟lchagichlarning nomenklaturasi cheklangan. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling