1-маърўза: Кириш
Termomagnit va absorbsion-optik gaztahlillagichlar
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
16.3. Termomagnit va absorbsion-optik gaztahlillagichlar
Gazlar orasida kislorod alohida juftmagnetizm xususiyatiga ega. Kislorod boshqa gazlarga nisbatan ko‟proq tortiladi. Uning bu xossasi murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod kontsentratsiyasini o‟lchashga imkon beradi. Barcha magnitli gaz tahlillagichlari termomagnit va magnitomexanik asboblarga bo‟linadi. Kislorodning harorati o‟zgarganda uning magnit xossalari o‟zgarish effektiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul termomagnit konvektsiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o‟tkazgich bir jinsli bo‟lmagan magnit maydoniga o‟rnatilsa, gaz aralashmasining xossasi kamayadi, shu sababli o‟tkazgich atrofida m/m ning kuchli Еrlaridan kuchsiz Еrlari tomon aralashmaning harakati boshlanadi. Haroratni ko‟tarilish sababi gazning magnit xossasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi. Bu oqim qizigan gaz aralashmasi termomegnit kovektsiya hodisasi sababli uzluksiz siqib chiqariladi. 16.1- rasmda termomagnit gaz tahlillagichining prinsipial chizmasi keltirilgan. Тekshirilayotgan gaz aralashmasining harorati Issiqlik almashtirgich yordamida turg‟unlashadi. Arlashma sarfining doimiyligi o‟lchash o‟zgartgichi 2 ni rotametr 3 orqali shuntlar yo‟li bilan ta„minlanadi. Shu sababli tizim kirishdagi gaz sarfini tebranishlari o‟zgartgichdan o‟tish tezligiga ta„sir qilmaydi, chunki a va v nuqtalar orasidagi bosimlar farqi doimiy bo‟lib qoladi. O‟zgartgich gaz bo‟shlig‟i ko‟ndalang kanalli xalqa kamera 4 shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning kirish qismida doimiy magnit maydon orasida joylashadi, uning ichida esa Rt 3 Rt 4 ikki sektsiyali platina cho‟lg‟amlar o‟rnatiladi, bu cho‟lg‟amlarning qarshiligi nomuvozanat ko‟prikning ikki Еlkasini hosil qiladi. Agar boshlang‟ich aralashmada kislorod bo‟lmasa ko‟ndalang kanalda harakat bo‟lmaydi. Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun masalan, 5106-2 turidagi termomagnit gaz tahlillagichlari ishlatiladi, uning o‟lchash chegaralari bir necha bo‟lib, ulardan eng maksimal 0-10% yuqoriga o‟lchash chegarasini asosiy hatoligi ±2% Mn 5130-1 turidagi gaz tahlillagichi ikki yoki uch tarkibiy qismli gaz aralashmalaridagi kislorod kontsentratsiyasi uzluksiz o‟lchash va standart elektr 105 signallari berish uchun mo‟ljallangan. Signal berish qurilmasini bilan jihozlangan. O‟lchash natijalari ko‟rsatish va yozish uchun gaz tahlillagichi bilan bir majmuaga ikkilamchi o‟ziyozar asbobdan foydalaniladi, kislorodni o‟lchash chegaralari 0-0,5 dan 80-100% gacha. Asosiy hatolik ±2 dan 10% gacha. O‟lchash vaqti 120 soat chiqish signali 0-5 ma 0-100 ma. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling