9.2-rasm. Tez tayyorlanuvchi lapsha tayyorlash algoritmi
9.3-rasm. Matematik masalalarni yechishda algoritmlarni grafa koʻrinishda ifodalash
Agar algoritmlar texnik qurilmalar, hisoblash mashinalarining ishlashini boshqarish uchun moʻljallangan boʻlsa (misol uchun kompyuterli yoki sonli boshqarish uskunalari boʻlsa), u holda ushbu algoritmlar dasturiy shaklda beriladi (9.4-rasm).
9.4-rasm. Algoritmlarni dasturiy shaklda berish
Algoritmning jadval koʻrinishda tasvirlanishdan ham koʻp foydalaniladi. Masalan, maktabda qoʻllanib kelinayotgan toʻrt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali koʻrinishlaridan foydalaniladi.
9.1-Jadval. Blok-sxemalar tuzishda ishlatiladigan standart grafik obyektlar
Blok nomi
|
Blok shakli
|
Blok vazifasi
|
Boshlash-tamomlash bloki
|
|
Algoritmning boshlanishi va tamomlanishini koʻrsatadi
|
Kiritish-chiqarish bloki
|
|
Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni ta’minlaydi
|
Yechish (shart, mantiqiy blok)
|
|
Berilgan shartga koʻra algoritm yoʻnalishini aniqlaydi
|
Jarayon (amallar bloki)
|
|
Amallar bajarilishini ta’minlaydi
|
Oldingi aniqlangan jarayon
|
|
Yordamchi algoritmlardan foydalanishni ta’minlaydi
|
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda foydalaniladi. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega boʻlmasdan ularni oddiy hayot faoliyati jarayonida ham koʻp qoʻllaniladi. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va hk. Bu ishlarni bajarishda ma’lum boʻlgan aniq koʻrsatmalarni ketma-ket bajariladi. Agar bu koʻrsatmalar aniq bir ketma-ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olib boʻlmaydi. Misol tariqasida matematik xarakterga ega boʻlmagan choy damlash algoritmini koʻrib chiqaylik. Bunda boshlangʻich berilganlar: sovuq suv, quruq choy va issiqlik. Natija: choy. Choy damlash algoritmi:
1. Idishga sovuq suv solish;
2. Issiqlik berish;
3. Quruq choy solingan choynakka qaynagan suvni quyish.
Agar ushbu jarayonda biror bir bosqich amalga oshmasdan qolsa, u holda kutilgan natija boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |