1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari; Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari; Algoritmik tillar


Download 1.24 Mb.
bet7/15
Sana14.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1198504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
9-ma\'ruza

Takrorlanuvchi algoritmlar
Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur boʻlgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bogʻliq holda takroriy bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yigʻindisi yoki koʻpaytmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin. Misol uchun, N ta sonning koʻpaytmasini hisoblash masalasi qoʻyilgan boʻlsin, umumiy holda berilgan misol quyidagicha boʻladi:

Bu yigʻindini hisoblash uchun i=1 da P=1 deb olamiz va i=i+1 da P=P*i ni hisoblanadi. Bu yerda birinchi va ikkinchi qadamlar uchun koʻpaytma hisoblanadi va keyingi qadamda parametr yana bittaga oshiriladi va navbatdagi raqam avvalgi koʻpaytma (faktorial) P ga koʻpaytiriladi va bu jarayon shu tartibda i=N shartiga qadar davom ettiriladi va natijada izlangan faktorialga ega boʻlamiz. Ushbu amallarni quyidagi algoritm sifatida ifodalash mumkin:
Berilgan: N, i=1, P=1;
Hisoblansin: i=i+1, P=P*i;
i tekshirilsin va bu shart bajarilsa, 4-satrga qaytilsin, aks holda keyingi qatorga oʻtilsin;
P ning qiymati chop etilsin (8.8-rasm).

9.8-rasm. N faktorialni hisoblash algoritmi

Yuqorida keltirilgan algoritm va blok sxemadan koʻrinib turibdiki amallar ketma-ketligining ma’lum qismi parametr i ga nisbatan N marta takrorlanadi. Ushbu turdagi takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar 2 xil, ya’ni sharti oldin berilgan va sharti keyin berilgan takrorlanuvchi algoritmlarga farqlanishi mumkin. Ushbu turdagi algoritmlar haqida nazariy bilimlar olishi talabaning oʻziga mustaqil ish sifatida havola etiladi.


Algoritm tuzishda quyidagi talablarga amal qilinsa, qoʻyilgan masalaning natijasini aniq, tez va toʻgʻri olish mumkin:

  • qoʻyilgan masalani toʻgʻri tushinib olish, masalaning asosiy maqsadini aniq ajratish;

  • ishga dahldor qiyinchiliklarni aniq koʻrish va ortiqcha, masala yechimiga katta ta‘siri boʻlmagan parametrlarni qisqartirish;

  • qoʻyilgan masalani bir-biriga bogʻliq boʻlmagan mustaqil boʻlaklarga, ya’ni kichik tizimlarga ajrata olish va ular orasidagi bogʻliqlikni toʻgʻri tashkil etish;

  • qoʻyilgan masalaning yechimini olishda har bir boʻlak (tizim) yechimlari toʻplamini bir butun holga keltirish;

  • masala yechimini sodda va tushunarli tilda bayon etish.

Kompyutеrdan foydalanib ilmiy – tеxnik, kimyo va oziq-ovqat sohalaridagi masalalarni yеchish bir qancha bosqichlarga boʻlinadi. Maqsad - bosqichlarning qaysi birlarini mutaxassis kompyutеrdan foydalanmasdan va qaysi bosqichlarini kompyutеrdan foydalanib bajarishini aniqlash hamda bosqichlarni toʻla oʻrganib chiqishdan iborat.
Ilmiy – tеxnik, kimyo va oziq-ovqat sohalaridagi masalalarni yеchishda kompyutеrdan foydalanish bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Masalaning qoʻyilishi va maqsadning aniqlanishi;

  2. Masalani matеmatik ifodalash;

  3. Masalani yеchish uslubini ishlab chiqish, sonli usullarni tanlash;

  4. Masalani yеchish algoritmini ishlab chiqish;

  5. Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash (tanlash);

  6. Dasturlash;

  7. Dastur matnini va ma'lumotlarni axborot tashuvchiga oʻtkazish;

  8. Dastur xatolarini tuzatish;

  9. Dasturning avtomatik tarzda kompyutеrda bajarilishini tekshirish;

  10. Olingan natijalarni izohlash, tahlil qilish va dastur­dan foydalanish uchun koʻrsatma yozish.

Algoritmni ishlab chiqishda asosan quyidagi 3 xil usul orqali ifodalash mumkin:



  1. Algoritmni oddiy tilda ifodalash;

  2. Algoritmni tizim koʻrinishida ifodalash;

  3. Algoritmni maxsus (algoritmik) tilda yozish.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling