1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari; Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari; Algoritmik tillar


Chiziqli hisoblash jarayonlarini algoritmlash


Download 1.24 Mb.
bet5/15
Sana14.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1198504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-ma\'ruza

Chiziqli hisoblash jarayonlarini algoritmlash
Chiziqli hisoblash jarayonlarini algoritmlashda chiziqli algoritmlardan (strukturadan) foydalaniladi. Chiziqli algoritm (chiziqli struktura) – bunda barcha amallar ketma-ket ravishda, faqat bir martadan bajariladi. Algoritm sxemasi tepadan pastga qarab, ularning bajarilish ketma-ketligiga binoan joylashtiriladi. Boshlangʻich va oraliq ma’lumotlar hisoblash jarayoni yoʻnalishiga ta’sir koʻrsatmaydi.
Misol uchun, xonaga yopishtirish uchun ketadigan gulqogʻoz oʻrami sonini hisoblash talab etilgan boʻlsin. Xonaning koʻrsatkichlari: uzunligi (a), eni (b) va balandligi (h) hamda gulqogʻoz oʻramining koʻrsatkichlari: uzunligi (l) va eni (d) berilgan. Xonadagi deraza va eshik maydoni jami devor yuzasining 15 foizini tashkil etadi.
Ushbu masala uchun turli xildagi algoritmlardan, ya’ni ogʻzaki-formulali, blok-sxemali va dasturiy koʻrinishdagi algoritmlardan foydalanish mumkin boʻladi.
Ogʻzaki-formulali algoritmga koʻra “Gulqogʻozni yelimlash” algoritmi tartib raqamiga ega ketma-ketlik shaklida ifodalanadi.
Gulqogʻozni yelimlash” algoritmi (ogʻzaki-formulali koʻrinish)

  1. Xona perimetri hisoblanadi: p=2*(a+b);

  2. Eshik va derazalardan tashqari jami devor yuzasi hisoblanadi: s1=0.85*p*h;

  3. Bir oʻram gulqogʻoz yuzasi hisoblanadi: s2=l*d;

  4. Oʻramlar soni hisoblanadi: k=div(s1/s2)+1 (bu yerda div qavs ichidagi ifoda boʻyicha olingan natijaning butun qismi);

  5. Tamom.

Ushbu masala algortmini grafik shakldagi algoritmda ham, misol uchun Blok-sxema koʻrinishdagi algoritmda ifodalash mumkin. Blok-sxema koʻrinishdagi algoritm ham ogzaki-formulali algoritm strukturasiga uxshash boʻlib, bunda agar ushbu algoritm dasturi kompyuterda bajarilayotga boʻlsa ma’lumotlarni kiritish va chiqarish bloki ham hisobga olinadi. 8.5-rasmda ushbu masala algoritmining blok-sxemasi keltirilgan.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling