1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari; Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari; Algoritmik tillar


Aniqlik va tushunarlilik yoki determinantlik


Download 1.24 Mb.
bet3/15
Sana14.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1198504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-ma\'ruza

Aniqlik va tushunarlilik yoki determinantlik (lotincha, determinate – aniqlik, tushunarlilik). Ushbu xossaga koʻra algoritmda ijrochiga berilayotgan koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi kerak. 
Ommaviylik. Ushbu xossaga koʻra har bir algoritm mazmuniga koʻra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham oʻrinli boʻlishi tushuniladi.
Natijaviylik, ya’ni har qanday algoritmda chekli qadamlardan soʻng albatta natija boʻlishi shart.
Umumiy holatda algoritmlar chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga farqlanadi. 
Hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga chiziqli algoritm deb ataladi.
Ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan koʻrsatmalardan tuzilgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb yuritiladi. 
Biror bir shart tekshirilishi yoki biror parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan algortimlarga takrorlanuvchi algoritm deb aytiladi.
Algoritmlarni soʻz, grafik, jadval va dasturiy shaklda ifodalash usullari mavjud boʻlib ushbu ifodalash usullari ham oʻzining quyi pogʻonalariga tarmoqlanishi mumkin (9.1-rasm).

9.1-rasm. Algoritmlarni ifodalash usullari
Ilk algoritmlar ish harakatning ketma-ketligini tushuntirish, ya’ni ogʻzaki usulda ifodalangan. Ushbu usulda tasvirlash uncha murakkab emas, lekin algoritmlarni bu shaklda ifodalashning aniq standartlari mavjud emas. Shartlarni tahlil qilish, takrorlanuvchi yoki shunga uxshash amallar mavjud boʻlgan hollarda, bunday algoritmlarni ogʻzaki yoki ogʻzaki-formulali usullar yordamida ifodalash qiyinchilik tugʻdiradi.
Algoritmlarni grafik usulda ifodalash uning tushunarliligi bilan ajralib turadi.
Grafik usulda tasvirlashning bir usuli sifatida rasmli tasvirlashni olishimiz mumkin. Ushbu usuldagi algortmlarni tez tayyorlanuvchi ozuqa mahsulotlari (Rollton, Hot Lunch va hk.), maishiy texnikalardan foydalanish, texnologik qurilmalarni yigʻish koʻrsatmalari va shu kabi boshqa jarayonlarda koʻrishmiz mumkin boʻladi (9.2-rasm). Algortimlarni sxema yoki grafa koʻrinishida berish ancha formal va qat’iy usullardan hisoblanadi. 9.3-rasmda matematik ifodalarni grafalar koʻrinishida tasvirlash namunasi keltirilgan.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling