1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari; Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari; Algoritmik tillar


Download 1.24 Mb.
bet1/15
Sana14.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1198504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-ma\'ruza


9-ma’ruza.
Mavzu: Algoritmlash asoslari. Dasturlash asoslari.


Reja:
1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari;
2. Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari;
3. Algoritmik tillar;
4. Python dasturlash tili tarixi va imkoniyatlari;
5. Python dasturlash tili sintaksisi, asosiy operatorlari;


1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari.
Kompyuter va boshqa hisoblash mashinalari, zamonaviy til bilan aytganda gadjetlar ishlashi uchun, ya’ni ular “yashashi” uchun ularda maxsus dasturlar boʻlishi shart. Ushbu dasturlar kompyuter va boshqa hisoblash qurilmalarini ishlashga, ma’lumotlarni qabul qilishga, qayta ishlashga, saqlashga va ularni chiqarishga majbur etadi. Bir soʻz bilan aytganda dasturlar kompyuterlar va boshqa gadjetlarning “yuragi” hisoblanadi. Dasturlar yordamida inson matnli xujjatlar, murakkab hisoblash amallari, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va shu kabi amallarni bajaradi.
Kompyuterdagi mavjud barcha dasturlar “dasturiy ta’minot” deb yuritiladi. Dasturiy ta’minotdan samarali foydalanish uchun qayta ishlanishi kerak boʻlgan ma’lumotlarni bir tizimga solish va ularni qayta ishlash algortimlarini toʻgʻri tanlay bilish kerak. Bundan tashqari foydalanuvchi har bir dasturning imkoniyatlarini, qachon qaysi dasturdan foydalanish kerakligini bilishi kerak.
Berilgan masalani kompyuter dasturlaridan foydalangan holda yechish bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

    1. Masalani qoʻyish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda boshlangʻich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qoʻyish odatda yechiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini tavsiflash va masalaning matematik modelini tuzish orqali amalga oshiriladi. 

    2. Yechish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib boʻlingandan keyin uni yechish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlangʻich ma’lumotlarga bogʻliqligi aniqlanadi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni yechish uchun koʻplab sonli usullar mavjud.

    3. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda kompyuterda masalani yechish uchun bajariladigan amallar (buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Yuqorida aytib oʻtilganidek bu jarayon - algoritmlash deb ataladi.

    4. Dasturlash. Bunda tuzilgan algoritm biror algoritmik tilga koʻchiriladi.

    5. Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish. Ma’lum algortimik tilda (Pascal, Basic, C, C++ va hk.) dastur yoziladi va kompilasiya qilinadi.

    6. Masalani bevosita kompyuterda yechish va natijalarni tahlil qilish. Bunda dasturda kerakli boshlangʻich qiymatlar berilib kompyuterda natija olinadi va tahlil qilinadi. Bu bosqichda agar kerak boʻlsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi ham mumkin. Yangi olingan ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. Bu ma’lumotlar qoʻyilgan masalani turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni tushunishga, yangicha nazariyalarning yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman olganda “Model-algoritm-dastur” uchligi modellashtirishning intelektual magʻzini tashkil etadi, bunday uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni yechishda muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi.




Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling