1. Masalalarni kompyutеrda yеchish bosqichlari; Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari; Algoritmik tillar


Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari


Download 1.24 Mb.
bet2/15
Sana14.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1198504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-ma\'ruza

2. Algoritm, uning turlari, xossalari va ifodalash usullari
Bundan 1000 yillar avval (780-850 yillar) buyuk matematik Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy oʻzining chiziqli va kvadrat tenglamalar, arifmetik amallarni bajarish haqidagi kitoblarini yozgan. Ushbu usullardan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. “Algoritm” soʻzining oʻzagi Algoritmi boʻlib, ushbu soʻz Al-Xorazmiy ismini lotinlashtirishdan kelib chiqqan. Algoritm tushunchasining ilmiy asoslarini 1930 yilda birinchilardan boʻlib A.CHerch tomonidan berib oʻtilgan. Keyinchalik esa boshqa olimlar tomonidan ushbu tushunchaga tuzatishlar va aniqlashtirishlar kiritilgan. Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelingan. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin boʻlib, bu ta’rif hozirgi kunda umumiy holatda quyidagicha talqin qilinadi:

Algoritm deb, qoʻyilgan masalani yechish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning ketma-ketligi(rejasi)ga aytiladi. Har qanday algoritm oldindan belgilangan koʻrsatmalarga binoan bajariladi va bu koʻrsatmalar buyruq deb yuritiladi. 

Har qanday qoʻyilgan masalani kompyuterda yechish uchun oldin uning yechish usulini tanlab, keyin uning algoritmini ishlab chiqish kerak boʻladi. Demak, hech bir masalani uning yechilish yoʻllarini bilmasdan va algoritmini ishlab chiqmasdan turib, ushbu masalani kompyuterda yechib boʻlmaydi.

Algoritmlash deganda berilgan masalani yechish uchun algoritmni, ya’ni bajariladigan harakatlar ketma-ketligini ishlab chiqish jarayoni tushuniladi.

Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega: 
Diskretlik (lotincha, discretus – uzluklilik). Ushbu xossaga koʻra har qanday algoritm qadamlar ketma-ketligi asosida tashkil etiladi. Navbatdagi qadam faqat oldingi qadam tugatilgandan keyingina amalga oshiriladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling