1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet46/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

(MARIOTTO TAJRIBASI)
Ishning maqsadi:
Ko’r dog’ni aniqlash.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Mariotto rasmi.
IShNI OLIB BORISh
O’ng qo’lga (yoki chapga) Mariotto rasmi olinadi, undagi qora fondda krestcha va doira shakli aks ettiriladi. Agar Mariotto rasm bo’lmasa, unda oq qog’ozga krestcha va undan 8 sm masofada doira rasmi chiziladi.
Rasmni o’ng qo’lga olib, uni oldinga cho’zgan holda ko’z darajasida joylashtiriladi. Chap ko’zni qo’l bilan berkitib, diqqat bilan o’ng ko’zni doiraga to’g’irlab (doira burunga qaratilgan holda) sekin-asta rasm ko’zga yaqinlashtiriladi.
29-30 sm. masofada krestcha ko’zga ko’rinmay qolishiga ishonch hosil qilinadi, chunki uning aksi ko’r dog’ga tushadi.
Mariotto tajrabasini tushuntiruvchi sxema chizilib o’rganiladi.
Savollarga javob bering.
a/ Tur kabatnikasi uchastkalarga "ko’k" va "sarig’" dog’ deb nom olgan?
b/ Mariotto tajribasi nimani isbotlaydi?


29-Mashg’ulot
Odamda nutq qo’zg’atuvchisiga shartli refleks hosil bo’lishi
Odamda I va II signal sistemalarining ta’sirlovchilarga himoya shartli refleksini hosil qilish
Odam va hayvonlarda shartli reflsksni hosil qilishda barcha narsa yoki tabiat hodisalari shartli ta’sirlovchm bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Ayniqsa, odam uchun faqat narsalar yoki tabiat hodisalari signal ahamiyatnga ega bo’libgina qolmay. hayvonlardan farqlab turuvchi so’z-nutq ham signal ahamiyatiga ega bo’lavsradi. Talaffuz qilinadigan, eshi-tiladigan, yozuv shaklidagi so’zlar I signal sistemasi ta’-sirlovchilari bilan individual qast davomida birga ish-latib borilsa, shartli ta’sirlovchi sifatida so’z o’zi ham asta-sekin o’sha signallarning signali bo’lib qoladi.
Ish anjomlari: kimograf, rezina nayi bilan birlash-tirilgan rezina nok, elektrodlar. Marey kapsulasi, 3 ta elektromagnit vaqt belgilovchisi, uzib-ulab turuvchi, 2 ta tushmali kalit, 12 V bo’lgan o’zgarmas tok manbai, simlar, induksion g’altak, doka salfstkalar, 1 % li natriy xlorid eritmasi.
Tajriba o’tkazish tartibi. Tajriba qurilmasi bilai tanishiladi. Shartli ta’sirlovchi sifatida lampochka srug’ligi ishlatiladi, shartsiz ta’sirlovchi bo’lib induksi-on tok xizmat qiladi, u elektrodlar yordamida rezina nokka maqkamlangan bo’lib, kaft terisini ta’sirlaydi. Kimog-rafda quyidagilar yoziladi: qo’lning >;arakat reaksiyasi, shartli va shartsiz ta’sirlovchining ulanishi va vaqt bel-gilari. Lampochka va ta’sirlash vaqtining belpьvdvchisi bitta tugmali kalit yordamida bir vaqtning o’zida ulanadi, induksion g’altak va unga tegishli ta’sirlash vaqtiningbel-gilovchisi boshqa tugmali kalit bilan ulanadi.
Odamda I signal sistemasi ta’sirlovchilariga yorug’lik va nurga mudofaa shartli rsfleksini qosil qilish. Tekshiriluvchi odam qo’liga rezina nok beriladi. 1% li natriy xlorid eritmasida namlangan dokaga elektrodlarning zich tegib turishi tekshiriladi. Rezina nokni yengil siqish taklif etiladi, nokni siqish darajasi nisbatan doimiy bir xilda bo’lishi kerak va unda kimografda yengilgina to’lqinsimon chiziq yeziladi. Agar tekshiriluvchi odamga elektrik ta’sirlash berilsa; u qo’lini yozib yuboradi va yozuvchi pero (yozgich) pastga tushadi. Kimograf barabanini yurgizib qo’yib, shartli refleksni hosil qilishga kiri-shiladi. Yorug’lik ta’sirlovchisi ulanadi va o’sha paytning o’zida elektrik ta’sirot beriladi (shartli refleksga to’gri keluvchi). Yoruglik ta’siroti 3 sekund davom etadi. Shartli va shartsiz ta’sirlovchilarni birgalikda qo’llash 5—6 marta takrorlanadi. Undan so’ng, faqat bitta yerug’lik ta’sirlovchisi ulanadi va agar shartli bog’lanish qosil bo’lgan bo’lsa, tekshiriluvchi odam kaftini yozadi. Muqimi shundaki, tekshiriluvchi odam kimografdagi yozuvni va ta’sirlovchilarning ulanishini ko’rmasin.
Olamda II signal sistemasi ta’sirlovchilariga mudofaa shartli refleksini hosil qilish. Ish yuqoridagi qurilmada o’tkaziladi. Shartli signal "tok" so’zi bo’lib, u terini elektr toki bilan ta’sirlash yordamida mus-taqkamlanadi. Bir necha (6—8) bor birgalikda takrorla-dan so’ng "tok" degan so’zga, agar shartli reflektor bog’lanish qosil bo’lgan bo’lsa, qo’lning qarakat reaksiyasi
sodir bo’ladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Tajribada olingan egriliklarni daftarga yopishtiring, tajriba shartlarini belgilang va xuyaosa qiling.



Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling