1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish anjomlari
- Ishni rasmiyleshtirishga doir tavsiyalar
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Kalamush-lar fe’l-atvorini kuzating va kalamushlardan qaysi biri ovqat qo’yilgan kosachaga, qaysi biri suv qo’yilgan kosagacha borishini belgilab, xulosa chiqaring.
Fe’l-atvorning shakllanishida vaziyat afferentatsiyasining roli. Vujud qabul qilib turadigan barcha tashqi ta’-sirotlar to’sh(ami vaziyat afferentatsiyasi bo’lib, bunda vujud o’z ehtiyojining qondirilishi uchun zarur bo’lgan, ayni paytda vujuddan tashqarida yuz berayotgan holatlar-dan ko’proq informatsiya oladi. Ish anjomlari: terrarium, akvarium, pinset, baqa. Tajriba o’tkazish tartibi. Baqa terrarium oldida kaftga joylashtiryladi. Orqa oyeqlaridan chimchilab olinsa, u holda baqa ta’sirlovchidan qochishga intiladi va terrariumga sakraydi, sakrash oldidan esa, u xarak-terli gavda ko’rinishini oladi, ya’ni boshini 450 burchak ostida pastga egadi. Agarda u akvariumga joylashtirilsa va orqa oyog’i pinset bilan qisilsa, u holda suzib qocha boshlaydi, bunda uning gavda vaziyati va o’zini tutishi boshqacha bo’ladi. Ishni rasmiyleshtirishga doir tavsiyalar. Baqaning fe’l-atvorini har ikki holatda, ya’ni motivatsiya bir xil, ta’sirlovchi, ya’ni ishga tushiruvchi kuch (stimul) ham bitta, biroq muhit har xil bo’lgani uchun, baqa harakatlapi har xil bajarilishini belgilang. Fe’l-atvor reaksiyasi shakllanishida ishga tushiruvchi stimullarning signallik ahamiyati. Shartli stimullarda ularning ishga tushiruvchilik ahamiyatini ayniqsa reak-siyaning avj olishiga turtki bo’la oladigan mavqeini va reaksiya sifatini belgilovchi ahamiyatlarini farqlash ke-rak bo’ladi. Reaksiyalarning sifat tomonlari esa hamma afferent informatsiyalarning sintezi bilan, funksional sistemaning fe’l-atvor akti shakllanishidagi ullrning o’zaro ta’sirlari bilan ta’minlanadi. Ish anjomlari: qochish shartli refleksini hosil hilish uchun kamera, ovqatlanish shartli refleksini hosil qilish uchun kamera, qo’ng’irok va kalamush. Tajriba o’tkazish tartibi. Bitta ishga tushiruvchi sig-nalning o’zi bilan (masalan, qo’ng’iroh) kalamushlarga ik-kita har xil kamerada ikki shartli refleks hosil qilinadi. Kameralardan birining poli (tubi) metall panjara bo’lib, kalamush yoqimsiz elektr toki ta’siridan qochib, u kamera polining havfsiz maydonchasiga irg’ishi uchun undan elektr toki o’tkaziladi. Bu kamerada ho’ng’iroh chalinishiga qochish shartli refleksi hosil qilinadi. Boshha kamerada esa qo’ng’iroq chalinishiga ovqatlanish shartli refleksi hosil hilinadi. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling