1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet41/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

27-Mashg’ulot
Xotira xajmni aniqlash. Assotsiativ aloqani aniqlash.
JARAYONIDA EEG VA VEGETATIV KO’RSATKIChLAR
O’ZGARIShLARINI TEKShIRISh
Shartli refleks ko’p komponentli reaksiya hisoblanadi Uni amalga oshirish uchun juda ko’p tuzilmalar va jara-yonlar sistemaga birlashadi. Har bir aniq reflektor akt markaziy asab sistemasining bir butun umumlashgan in-tegrativ reaksiyasi bo’lib, bu reaksiyaning oqibati mar-kazdan chetda yotuvchi komponentlarda namoyon bo’ladi. Bosh miya tuzilmalarining elektrik aktivligiga asoslanib, ularning funksional o’zgarishlari to’g’risida tegishli xu-losalar chiqarish mumkin. Harakat va vegetativ komponen-tlar shartli reflektor faoliyatning chetdagi (periferik) ko’rsatkichlari bo’lib hisoblanadi.
E. A. Asratyan (1965) o’zining elektroensefalografik tadqiqotlarida vaqtincha bog’lanishiing shakllanish jara-yonlarini 4 bosqichga ajratgai: 1) bosh miya katta yarim-sharlarining muayyan sohalarida vujudga keluvchi mahalliy reaksiyaning qisqa muddatli boshlang’ich bosqichi,
tarqoq (generalizatsiya) fazasi, ya’ni shartli signal va unga yaqin boshqa signallar bosh miya katta yarimsharlar po’stolog’i va po’stloq osti sohalarining har xil tuzilma-rida keng yoyiluvchi tarqoq reaksiyasini yuzaga keltirish,
ikkilamchi ixtisoslashish (spetsializatsiya) va joyla-shish (o’rnashish) fazasi, 4) shartli ta’sirlovchi ta’sirida EEG o’zgarishlarining yo’qolish fazasi. Shuningdek, vaqtincha bog’lanishning shakllanish jarayonlariga vegeta-tiv komponentlar ham moyil bo’ladi.
Ish anjomlari: elektroensefalograf (poligraf), foto-fonostimulyator, elektroensefalogrammani (EEG) yezib olish uchun elektrodlar, teri-galьvanik reaksiya (TGR),
elektrokardiogrammalar (EKG), nafas chastotasi (NCh), paxta, doka salfetka, elektrod uchun pasta, fiziologiKeritma, spirt, efir, kollodiy. Ish odamda olib boriladi.Tajriba o’tkazish tartibi. EEG, TGR, EKG, NChlarnya qayd qilish uchun elektrodlar qo’yiladi. Elektrodlar teriga yaxshi tegib turishi kerak. EEGni yozib olish mono polyar usulda amalg’a oshiriladi. Aktiv elektrodlar o’ng va chap yarimshalarning ensa va chakka sohalarining cho’qqi qis-miga kollodiy bilan yepishtiriladi. I. R. Tarxanov usuli bilan teri-galьvanik reaksiya yoziladi. EKG 1 tarmoq bo’yicha qayd qilinadi. Nafas chastotasini yozib olish uchun elektrodlar diafragma soqasiga joylashtiriladi, Yerga ulanuvchi elektrodlar bilakka qo’yiladi. Yozib oluvchi elektrodlar o’tuvchi dasta orqali elektroensefalografga ulanadi. Tekshiriluvchi odam ko’zi oldinga fotostimulyator qo’yiladi. Fotostimulyator shunday qo’yilishi kerakki, tekshiriluvchi odam tovushni (tonni) yaxshi eshita olsin. Yorug’lik bilan mustahkamlanuvchi ta’sirlar berib borish yo’li bilan 50 dV intensivlikdagi 500 Gs tonga teng bo’lgan shartli refleks qosil qilinadi. Tekshiriluvchi odamga, nur paydo bo’lganda, ko’zini ochishi, nur yo’qolganda esa ko’zini yumishy kerakligi oldindan tushuntirib qo’yiladi. Shu bilan birga, birinchi berilgan shartli sig-nal EEGda unga xarakterli bo’lgan barcha o’zgarishlar bilan gusmollash reaksiyasini chaqiradi, biroq vegetativ funk- . siyalar soqasida esa uni so’ndirish darkor. Nur shartsiz mustaqkamlanuvchi hisoblanadi, shuning uchun unga reaksiya hech qachon so’nmaydi. Nur esa EEG da ritmning desinxro-nizatsiya reaksiyasini keltirib chiqaradi. Nur «aqnash ko’rinishida 50 Gs chastota bilan beriladi. Shartli re-fleks hosil qilish qorong’ilashtirilgan xonada olib bo-riladi. Tovush ulanishi bilan 3 sekund o’tkazib fotosti-mulyator yondiriladi va tekshiriluvchi ko’zini ochadi. To-vush bilan nur birgalikda 3 sekund ta’sir etadi, so’ngra ular bir vaqtda o’chiriladi, tekshiriluvchi esa ko’zini yuma-di. Bu ish 15 marta takrorlanadi, so’ngra mustahkamlanish zudlik bilan 3 sekundga kechiktiriladi. Bunda shartli re-fleks qosil bo’lgan bo’lsa, shartli ta’sirlovchi uchun xa-rakterli bo’lgan reaksiyani, shartsiz ta’sirlovchi bilan mu-stahkamlash to’xtatilgandan keyin ham kuzatish mumkin bo’ladi. Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Olingan ma’lumotlarni jadvalga tushiring.

Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling