1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet37/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

23-Mashg’ulot
Markaziy asab sistemasida qo’zg’alishning irradiatsiyasi (tarqalishi)
Markaziy asab sistsmasida qo’zg’alishning tarqalish qodisasi irradiatsiya nomini oldi. Tarqalishni tajribada hayvonlarning MASdagi tormozlovchi sinapslarni bog’lab qo’yuvchi strixnin (kuchala) yerdamida kuzatish mumkin.
Ish anjomlari: ilmoqli shtativ. prsparovka uchun as-boblar yig’indisi. jomcha, likob, qopqoq. ignasi bilan shprits, 0,1% strixnin eritmasi, baqa.
Tajriba o’tkazish tartibi. Spiial baqa taysrlanadi-Pinsst bilai orqa osq panjalari kuchsiz qisiladi va reaksiya kuzatiladi. Keyin ta’sirlash kuchi asta-sekin ku chaytirib boriladi va rsflektor reaksiyalarga boshqa ol-dingi va orqa osqlarning xam qo’shilishi kuzatiladi. Bu tajriba avvaldan muzda sovutilgan baqada yaxshi namoyon bo’ladi. O’sha spinal baqaning orqa teri ostiga 0,5 ml 0.1%,
strixnin zritmasi yuboriladi. Bir ozdan so’ng baqaga biror narsa bilan tsgizilsa, umumiy titrash (sudorogi) kuzatiladi bu esa qimoyalanish refleksi emas. Ishni rasmiylashtirishga loir tavsiyalar. Tajriba
smasini chizing. Irradiatsiyaga ifoda bering. MASga strixninning ta’sir mexanizmini tushuntiring.


24-Mashg’ulot
Tormozlanish. Bosh miya turli qismlarini baqa xarakatiga ta’siri
t o p sh i r i q
SEChENOV TORMOZLANISh
Ishning maqsadi:
nerv sistemasida pastga tarqaluvchi tormozlanish ta’sirining borligini aniqlash.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar
shtativ ilmoqchasi bilan, 0,23 % sulьfat kislota eritmasi solingan stakan, suv bilan to’ldirilgan stakan, natriy xlorid kislotasi, preparoval asboblar yig’indisi, paxta, sovuqqonlilar uchun izoosmatik eritma /0,65 % li natriy xlorid eritmasi/, sekundometr.
IShNI OLIB BORISh
Baqani doskaga o’rab, chap qo’lga oling va ko’rsatish barmoq bilan uning boshini pastga bosing.
Baqa boshining terisini "P" shaklida qirqing va teri parchasini (laktay) orqaga suring.
Uchi o’tkir qaychi bilan kalla suyagini ko’zning sal yuqoriroq qismidan ko’ndalang qilib kesing.
Sekinlik bilan miya qopqog’ini oching. Uning ichida joylashgan miyani jarohatlamaslik uchun qaychini miya qopqog’iga tirab pastga tushirmaslikka harakat qilish kerak.
Bosh miyani to ko’rish do’mboqlarigacha oching va bosh miya bilan ko’rish do’mbog’ini oldingi qutbi oldi o’rtasidan qirqing. Qirqilgan qismidan keraksiz qismini olib tashlang.
Tayyorlangan baqani shtativ ilmog’iga osish va qon to’xtaguncha uni tinch qo’ying, qotgan qonni esa sekinlik bilan olib tashlang.
Qirqilgan miya sathini paxta bilan quriting va tajrabani boshlang.
a) Tyurk metodi bilan refleks vaqtini aniqlang. Ta’sirlash uchun sulьfat kislotasining 0,3% ligidan foydalaning. Ta’sir etgandan so’ng baqa oyog’ini suvga botirib yuvib tashlang.
b) Refleks vaqtini 2- 3 marta qaytarib aniqlagandan so’ng ko’rish dumbog’ining qirqilgan satxiga osh tuzi kristalini qo’ying /osh tuzini qo’yishdan oldin ko’rish dumbog’ini yaxshilab paxta bilan quriting, aks holda tuz erib uzunchoq va orqa miyaga oqib tushishi va ularga ta’sir etib changak holatiga olib kelishi mumkin;
v) Refleks vaqtini yana aniqlang. Refleks vaqti uzayadi yoki umuman namoyon bo’lmaydi;
g) Tuz kislotani miyadan oling va quyilgan miya qismini fiziologik eritma bilan yuving. Tajribani qaytarib refleks vaqtini aniqlang va uning tiklanishiga ishonch hosil qiling.
Miyaga qilingan operatsiya sxemasini tasvirlab bering, refleks vaqtini ko’rish dumboqlariga osh tuzi kristalini qo’yishdan oldin, qo’yilgandan so’ng qanchalik o’zgarishini yozing va xulosa chiqaring. Savolga javob bering:
Sechenov tajribasi nimani tasdiqlaydi?



Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling