19-Mashg’ulot
Turli kuchli qo’zg’alishning samarasi kuzatish (kinofilm)
Tinchlik potensiali bo’yicha kinofilm namoyishi.
20 - Mashg’ulot
Reflektor yoyini tahlil qilish
Ishning maqsadi:
Reflektor yoyining har bir bo’limini funksional tahlil qilish va refleksini yuzaga keltirishda uning yaxlit bo’lishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Shtativ, preparoval asboblar, sulьfat kislotaning 0,5 % eritmasi, filьtr qog’ozi, suv to’ldirilgan stakan.
IShNI OLIB BORISh
Bosh miya olib tashlangan baqani shtativ ilmog’iga osing.
Shtativga osilgan baqaning oyoq panjalarini kuchsiz sulьfat kislotasi eritmasiga tegizing va bo’kish refleksining sodir bo’lishini yuzaga kelishiga ishonch hosil qiling.
Reflektor yoyini tahlil qilishga kirishing.
a) Nervi ajratilmagan baqa oyog’ining pastki qismidagi terini aylantirma shaklida qirqing va uni shilib tashlang. Oyoq panjalarida terining qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun yana bir bor terisi shilingan joylarni ko’zdan kechiring;
b) Teridan tozalangan oyoq panjasini kislotaga tekizing. Ta’sir hech qanday reflektor reaksiyasi sodir bo’lishiga olib kelmaganligiga, ya’ni reflektor yoyining bo’limlaridan biri reflektorning yo’qligiga ishonch hosil qiling.
v) Nervi ajratilgan baqa oyog’ining muskuli orasida joylashtirib quyidagi ipni tortib, nervni yuzaga chiqaring va uni qirqing. Oyoq panjasini kislotaga tegizing, Raflektor yoyining o’tkazuvchi qismi qirqilganligi uchun javob reaksiyasi yo’qligiga ishonch hosil qiling.
g) Kislotaga botirilgan filьtr qog’ozini baqa ko’kragi terisiga qo’yganda uning oldingi oyoq muskullarining reflektor qisqarishiga, ya’ni bu qismda reflektor yoyining butunligiga ishonch hosil qiling.
d) Orqa miyani jarohatlab, yana baqa ko’kragi terisiga kislotali qog’oz bilan ta’sir eting. Orqa miya jarohatlanganda hech qanday refleks sodir bo’lmaydi, chunki nerv markazlari jarohatlangan bo’ladi.
Somatik refleksning relektor yoyi sxemasini chizing, olib borgan kuzatishlar asosida xulosa chiqaring, savollarga javob bering:
a/ Refleks deb nimaga aytiladi?
b/ Reflektor yoyi va uning bo’limlari deb namaga aytiladi?
v/ Reflektor yoyi ayrim bo’limlarining roli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |