1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar
16 - Mashg’ulot
Bioelektrik xodisalar Galvani-Matteuchi tajribasi t o p sh i r i q BIOELEKTRIK XODISALAR Ishning maqsadi: Qo’zg’aluvchan to’qimalar biopotensiallarini registratsiya qilishning biologik metodlari bilan tanishish va ularda biologik toklarning borligiga ishonch hosil qilish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar: Elektrostimulyator, vilkasimon elektrodlar, shtativ, Galьvani pinseti, soat oynasi, preparoval asboblar yig’indisi, sovuqqonli hayvonlar uchun fiziologik eritma, doka, paxta, baqa. IShNI OLIB BORISh a) Galvanining birinchi tajribasi. - Baqani orqa oyog’idan nerv muskul preparatini tayyorlang, bu preparat umurtqa pog’onasining kichik bo’lakchasi bilan ulangan bo’lsin. - Oyoqlardan terini shilib tashlang va preparatni umurtqa pog’onasi qismidan shtativga mustahkamlang. - Galvani pinsetining bir uchini bel-dumg’aza tuguniga tegizing, ikkinchi uchini esa son muskuliga tegizing. Pinset har bir muskulga tekkanda oyoq muskullari qisqaradi. b) Galvanining ikkinchi tajribasi (metallsiz qisqarish). - Nerv muskul preparatini tayyorlang, uning terisini shilib tushiring va toza preparoval doskaga qo’ying, kuymich nervni muskuldan ajrating va preparatni boldir suyagi tomonidan kimografning qisqichi bilan mustahkamlab qo’ying. - Muskulning kichikroq bir sathini jarohatlang / qaychi bilan qirqing/. - Ingichka shishali igna bilan kuymich nervni ko’tarib, muskulni jarohatlagan joyingizga va jarohatlanmagan yeriga tashlang. - Kuymich nervini shu ikki yerga tekizganimizda muskulning qisqarishini kuzatamiz. v) Matteuchi tajribasi /skelet muskulining harakat potensialini nerv bilan ta’sirlash/. - Ikkita nerv muskul preparatini tayyorlang. - Bir preparat nervini ikkinchi preparat muskuliga qo’ying. - Birinchi preparat nervini elektrodning vilkasiga qo’yib, elektr tokining optimal chastota va o’rta kuchi bilan ta’sirlang. - Ikala nerv muskul preporati muskullarning qisqarishini kuzating. g) Ishlab turgan yurakka nervni tashlash. - Baqa yuragini olib, soat oynasiga quying. - Qisqarayotgan yurakka nerv-muskul preparatining kuymich nervini yurak uchi bo’ylab joylashtiring. - Yurak har bir qisqarganda muskul holatini kuzating. - Preparat muskulining qisqarishi yurak qisqarishidan ilgari sodir bo’lishiga alohida e’tibor bering, chunki nerv qo’zg’alishining o’tkazuvchanligi yurakning o’tkazuvchi sistemasidan yuqori. - Tajriba sxemasini daftarga ko’chiring, kuzatgan hodisani tahlil eting va savollarga javob qaytaring: a/ Membrana potensiali deb nimaga aytiladi? b/ Harakat potensiali deb nimaga aytiladi? v/ Matteuchi tajribasi nimani tasdiqlaydi? Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling