1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet29/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

15-Mashg’ulot
Turli ko’zg’alishni nerv-muskul preparatiga ta’sir
t o p sh i r i q
NERV MUSKUL PREPARATGA HAR XIL
TA’SIRLOVChILARNING TA’SIRI
Ishning maqsadi:
Muskullarga turli xil taьsirlovchilarni vositali va vositasiz yo’l bilan ta’sirlashning natijalarini kuzatish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Induksion apparat, vilkada elektrodlar, simlar, kimograf, universal shtativ /qayd qiladigan qismlar bilan/ preparoval asboblar yig’indisi, shisha tayoqcha, ipakli ip, spirtovka, osh tuzi kristali, spirt, 1 % sulьfat kislotasi, sovuqqonlilar uchun fiziologik eritma, paxta, baqa.
IShNI OLIB BORISh
a) muskullarni mexanik ta’sirlovchilar bilan bevosita yoki vositali yo’l bilan ta’sirlash.
- Nerv uchini ip bilan bog’lash.
- Nina bilan nerv va muskulga sanchish.
- Nerv uchini pinset bilan qisish.
- Qaychi bilan nerv uchini qirqing.
b) muskullarni kimyoviy ta’sirlovchilar bilan vositasiz va vositali yo’l bilan ta’sirlash.
- Nervga osh tuzining kristalini qo’ying.
- Nervga kislota, spirt tomchisini tekkizing. Effektni kuzatgandan so’ng kimyoviy ta’sirlovchini fiziologik eritma bilan yuvib tashlang.
- Olib borilgan ishlarning hammasini mustaqil qaytarish.
v) Nerv muskulga termik taьsir etish.
- Spirt va uning alangasiga nina /oz qizdiring/ qizdirib nervga tekkizing.
- Shu tajribani muskulda qaytaring.
g) Nerv va muskulni elektr toki bilan ta’sirlash.
- Nerv muskul preparatini induksiya tok bilan ta’mirlash uchun elekr zanjirni yig’ing /2-tur sxemasi bo’yicha/.
- Nerv muskul preparatini tayyorlab, kameraga joylashtiring, nervni esa miografga vertikal holda birlashtirib qo’ying.
- Ta’sir etuvchi elekr qismini va preparatning funksional holatini tekshiring.
- Muskulni vositasiz va vositali etib qisqarishini yuzaga keltiradigan eng kichik tokning miqdorni aniqlang.
- Birinchi va ikkinchi g’altakni bir-biriga yaqinlashtirib, induksion tokning elektr kalitini ochgandagi ta’mirini birinchi paydo bo’lishiga ishonch hosil qiling.
- Induksion tokni muskulga bevosita yoki vositali ta’sirlaganda pog’ona kuchini solishtiring.
- Kuzatilgan ma’lumotlarni protokol shaklida rasmiylashtiring va xulosa chiqaring. Savollarga javob bering.
a/ To’qimalarning qo’zg’aluvchanligi qanday o’lchanadi?
b/ Nerv va muskullarning qo’zg’aluvchanligi har xilmi?
v/ Pog’ona, submaksimal va maksimal ta’sirlovchi deb nimaga aytiladi?
g/ Adekvat ta’sirlovchi deb nimaga aytiladi?
d/ Nerv va muskul uchun qaysi ta’sirlovchi adekvat ta’sirlovchi deb ataladi?

Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling