17 - Mashg’ulot
Skelet muskuliga potensial ta’sir
Doimiy tokning tirik to’qimalarga tasir etish qonuni
1 – t o p sh i r i q
QUTB QONUNI
Ishning maqsadi:
Doimiy tokning tirik to’qimalarga o’ziga xos ta’sir etishini kuzatish.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Doimiy tokning manbai, qutblanmaydigan elektrodlar, shtativ (ushlagichi bo’lgan), preparoval asboblar yig’indisi, sovuqqonli hayvonlar uchun fiziologik eritma, baqa.
IShNI OLIB BORISh
- Doimiy tok bilan ishlash uchun elektr zanjirini yig’ing.
- Ikkita alohida kuymich nerv ajratilgan nerv muskul preparatini tayyorlang. Preparatni tayyorlaganda umurtqa pog’onasining bir bo’lagini qoldirib, undan ajratmang.
- Preparatni shtativga mustahkam o’rnating, undagi nervlarni kutublanmaydigan elektrodlarga qo’ying: o’ngdagisini anodga, chapdagisini esa katodga.
- Tok kuchini aniqlab, tok zanjirini ulayotganda yoki uzayotganda doimiy tokning pog’ona kuchini aniqlang.
- Tok ulangandan so’ng pog’ona ta’sir kuchi ma’lum bir darajaga yetganda katodda joylashgan baqaning chap oyog’i qisqaradi, tok zanjiri uzilganda esa qisqarish kuzatilmaydi.
- Tok kuchini oshirib, zanjirni uzgan paytda pog’ona ta’sirini aniqlang. Bu paytda anodda nervi joylashgan o’ng oyoqning qisqarishi kuzatiladi.
- Uzuvchi qism bilan qutblarni almashtiring. Bunda tok zanjirini uzganda chap oyoq qisqarishi, tok zanjirini ulaganda esa o’ng oyoq qisqarishi kuzatiladi.
- Tajriba sxemasini chizing, undan xulosa chiqaring va quyidagi savollarga javob bering:
a/ Qutb qonuni qanday ta’riflanadi?
b/ Doimiy tok qutbli ta’sirning mohiyati nimada?
2 - t o p sh i r i q
NERV MUSKUL PREPARATIDA ChARChAShNI KUZATISh
Ishning maqsadi:
Nerv muskul preparatida charchashlik xodisasi avvalo muskulning mionevral sinaps bo’limida rivojlanadi.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Elektrostimulyator, muskul qisqarishini qayd qilish uchun uskuna, ikki juft vilkasimon elektrodlar, tokli zanjirni uzuvchilar, simlar, preparoval asboblar yig’indisi, sovuqqonli hayvonlar uchun fiziologik eritma, doka, paxta, baqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |