1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari
Download 381.15 Kb.
|
Laboratoriya Fiziologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kategoriya Ish xili Energiyaning ehtiyoji /kkal/
- Yoshi Energiyaga ehtiyojli, /kkal/. Sutkalik ehtiyoji gr.
- 14-Mashg’ulot Nerv-muskul preparati tayyorlash Ishning maqsadi
Umumiy miqdori ____________________________________ Eslatma: O - Oqsillar, Yo – yog’lar, K – karbonsuvlar Har 3 talabadan guruh tuzing va ularga turli kasbdagi kishilar uchun energiya sarfiga qarab ovqat ratsionini tuzing.
Ovqat ratsionini tuzishda 60-jadvaldan foydalaning, chunki unda ovqat mahsulotlarida oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, ovqat moddalarining kaloriyasi va vitaminlarning miqdori protsent holatida berilgan. Ovqat protsentlaridagi mineral tuzlarning miqdori va tarkibi 7-jadvalda berilgan. Ovqat ratsionini tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim. a) Ovqat ratsionining kaloriyasi sutka davomida sarflangan energiyaning miqdoriga teng bo’lishi lozim; b) Har bir shaxsning mehnati to’g’ri keladigan oqsillar, yog’lar, karbonsuvlarning optimal bo’lgan miqdoriga e’tibor bermoq kerak; v) Katta yoshdagi odam uchun 4 marta ovqatlanish optimal hisoblanadi; g) Oqsilga boy bo’lgan mahsulotlarni /go’sht, baliq, tuxum/ ertalab va tushki ovqatlanishda iste’mol etish maqsadga muvofiqdir. Kechki ovqatda esa sut-o’simlik ovqatlarini iste’mol etish maqsadga muvofiq; d) Katta yoshdagi odamning ovqat ratsionining tarkibidagi 1/3 oqsillar va yog’lar hayvon oqsil va yog’laridan tashkil topgan bo’lishi shart; ye) Ovqat ratsioni tarkibida vitaminlar, mineral tuzlar va ma’lum miqdorda suv bo’lishi kerak. Agar 4 marta ovqatlanganda birinchi ertalabki ovqat sutkalik ratsionning 25-30% ni, ikkinchi ertalabki ovqat 10-15 % ni, tushdagi ovqat 40-45 % ni, kechki ovqat esa 15-20 % ni tashkil etishi lozim. Bolalar va o’smirlar uchun ovqat ratsionini tuzish o’ziga xos xususiyatga ega. Ovqat ratsionini turli yoshdagi bolalar uchun ham tuzilishi bir xil bo’lmaydi. Quydagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishing. BOLALAR VA O’SMIRLARNING KALORIYa, OQSILLAR, YoG’LAR VA KARBONSUVLAR EHTIYoJINI QONDIRUVChI FIZIOLOGIK ME’YoRLAR. (OVQATLANISh INSTITUTINING MATERIALLARIDAN).
Eslatma: Jadvalda joylashgan sonlar kaloriyasi va hayvonlar mahsulotini bildiradi. Bolalar ovqat ratsioni 50 % dan kam bo’lmagan hayvon oqsillari va yog’larini tutgan bo’lishi, yetarli miqdorda vitaminlar, kalьsiy va fosfor tuzlari bo’lishi shart. Shuning uchun ham ratsionning tarkibida yetarli darajada sut mahsulotlari (kalьsiy manbai), go’sht, baliq, tuxum, sir va o’simlik mahsulotlari (fosfor manbai) bo’lishi kerak. Tuzgan ovqat ratsioningizning kaloriyasi o’zida oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar tutishi va hayvon va o’simlik oqsillari va yog’larining bir-biriga nasbatan hamda vitamin tutishi nuqtai nazaridan baholang. Savollarga javob bering: a/ Ovqat ratsionlarini tuzish prinsiplari asosida nima yotadi? b/ Katta yoshdagi odamlar, bolalar va o’smirlar ovqatlanishi fiziologik normasi qanday? v/ Turli mehnat faoliyati bilan mashg’ul bo’lgan shaxslarning energiyaga ehtiyoji qanday? 14-Mashg’ulot Nerv-muskul preparati tayyorlash Ishning maqsadi: Baqaning orqa oyoqlaridan nerv-muskul preparatini tayyorlash metodikasini o’rganish. Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar preparat asboblar yig’indisi katta va kichik qaychilar, xirurgik va ko’z pinsetlari, orqa miyani buzish uchun zond, 2 ta ilmoqli zond, sovuqqonlilar uchun fiziologik eritma. IShNI OLIB BORISh - Baqani bosh va orqa miyasini buzish yo’li bilan harakatsizlantiring. - Chap qul bilan baqaning boldiridan ushlab, tos suyaklaridan 1,5 sm. Yuqoriroq joydan umurtqa pog’onasini qirqing. - Osilib turgan gavda qismini va ichki organlarini olib tashlang /undan ayiring/. - Umurtqa pog’onasining qolgan qismini chap qo’l bilan mahkam ushlab, o’ng qo’l bilan oyoq terisini shilib, toza proparoval doskasiga qo’ying. - Preparatni dumg’azaning qoq o’rtasidan ikki bo’lakka bo’ling. - Bir oyoqni zapas tariqasida Ringer eritmasiga solib qo’yib, ikkinchisining esa orqa tomonini doskaga qo’yib, juda ham ehtiyotlik bilan kuymich nervini ajratib oling. - Boldirning orqa tomondan muskulni sekinlik bilan ayirish, kuymich nervini yumshoq to’qimalardan, boldirdan to tizza qismi bo’ylab ajrating. - Nervni bir tomonga olib, boldir suyagini muskullardan tozalang. - Preparetni Ringer eritmasi solingan idishga quyish yoki 0,65% natriy xlor eritmasiga. Ayrim tajribalarda boldir muskuli preparati ishlatiladi. Download 381.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling