1-Mashg’ulot Laboratoriya asbob anjomlari


Download 381.15 Kb.
bet6/50
Sana24.12.2022
Hajmi381.15 Kb.
#1056588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Laboratoriya Fiziologiya

IShNI OLIB BORISh
Kamerani oyna bilan yopib, "Nyuston uzugi" paydo bo’lguncha ishqalanadi va mikroskop stoliga quyiladi.
Mikroskopning kichik ko’rsatkichi bilan (okulyar 15x, obьyektiv 20x) sanash kamerasining kvadrat turini toping.
Qonning 1:20 (yoki 1:10) ga kadar suyultiring. Buning uchun qonni aralashtirgichini 0,5 belgisiga qadar surib olinadi va undan so’ng metil sinka rangi bilan bo’yalgan 3 % li uksus kislotasining eritmasi bilan aralashtiriladi. Olingan eritma aralashtirgichning «II» belgisiga qadar suriladi.
Olingan aralashma yaxshilab aralashtiriladi.
Aralashtirgichning kapilyar naychasidan bir ikki tomchi tomizib, undan so’ng keyingi tomchi kameraga tomiziladi.
Mikroskopning kichkina qilib ko’rsatadigani bilan leykotsitlarning 25 ta katta kvadratlardagi soni /400 kichik kvadratlarni tashkil etadi/ sanaladi.
25 ta kvadratlardagi leykotsitlarning sonini qonning suyultirilgan darajasi va kichik kvadratning xajmiga ko’paytirib, 400 ga bo’lish kerak.
1 mm3 qondagi leykotsitlarning sonini hisoblash uchun formula.
X=
X – leykotsitlarning 1 mm3 qondagi soni;
A – leykotsitlarning 25 ta kvadratlardagi soni;
4000 /1/4000/ – bitta kichik kvadratdagi soni;
Hisoblab chiqilgan ma’lumotlardan xulosa chiqaring va savollarga javob bering.
a/ 1 mm3 qonda leykotsitlarning normal soni kancha?
b/ Leykotsitlar qanday vazifa bajaradi?
v/ Leykotsitlarning turlarini aytib bering.
4 – t o p sh i r i q :
ERITROTSIT LARNING ChO’KISh TEZLIGINI ANIQLASh.
Ishning maqsadi:
Eritrotsitlarning cho’kish tezligini aniqlash usuli bilan tanishishdan iborat.
Ishni olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar:
Panchetkov asbobi, natriy sitrat (limon kislotasining natriyli tuzining 5 % li eritmasi), soat oynasi, Nina, sritr, yod, paxta.
Eritrotsitlarning cho’kish tezligi (ROE) ularning bir-biriga yopishishi va solingan idish tubiga cho’kishidan iborat. Davolash muassasalarida turli kasalliklarni aniqlash maqsadida eritrotsitlarning cho’kish tezligini topish katta ahamiyatga ega. Eritrotsitlar manfiy zaryadlangan hujayralar bo’lganligi uchun bir-biriga yopishmaydi. Ularning cho’kish tezligi qon plazmasining xususiyatiga, globulinlarga, eritrotsitlar miqdoriga, jinsga bog’liq. Plazmada globulinlar ko’payib ketsa, eritrotsitlarning zaryadi o’zgaradi, natijada boshqa zaryadlar bilan yopishadigan bo’lib qoladi. Yopishgan eritrotsitlar idish tubiga cho’ka boshlaydi. Sog’lom odamlarda yopishish (adsorbsiya) kamroq bo’lganligi sababli, ularning cho’kish tezligi yuqori emas. Erkaklarda bu tezlik soatiga 3-9 mm, ayollarda 7-12 mm ga teng. Kasallangan holatda (masalan, shamollash, sil kasali bilan og’riganda, homiladorlik davrida) ularning cho’kish tezligi ortadi.

Download 381.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling