1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet55/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

DAFNIYA VA SIKLOP MISOLIDA JABRAOYOQLI VA MAKSILLOPODA QISQICHBAQALARI BILAN TANISHISH
Tip. Bo’g’imoyoqIilar - Arthropoda
Kenja tip. Jabra bilan nafas oluvchilar - Branchiata Sinf. Qisqichbaqasimonlar - Crustacea
Kenja sinf. Jabraoyoqlilar - Branchiopoda
Turkum. Bargoyoqli qisqichbaqasimonlar - Plyllopoda Avlod. Dafniyalar - Daphnia
Tur. Dafniya - Daphnia pulex
Kenja sinf. Jag’oyoqliIar - Maxillopoda Turkum. Kurakoyoqlilar - Copepoda Avlod. Syklopslar - Cyclops
Tur. Siklop - Cyclops strenuous
Ishning maqsadi: qisqichbaqasimonlardan jabra-oyoqli va kurakoyoqlilarga mansub bo’lgan xilma-xil hayvonlar bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: tirik dafniya va siklonlar, pinset, tomizgichlar, preparatlar, lupalar, mikroskoplar, binokulyar- lar, soat va buyum oynalari va ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni: Dafniya hovuzlar, koMlar va sholi-
* poyalarda hayot kechiradi. Tanasi 1-3 mm kattalikda bo’lib, ikki yon tomondan yassilangan va xitinli chig’anoq bilan qoplangan. Chig’anoq yupqa va tiniq bo’lganligi uchun uning ichki organlari ko’rinib turadi. Chig’anoqning oldingi
159



va orqa tomoni ochiq bo’lib, uning ichidan doimo suv o’tib turadi (54-rasm).
Suv bilan birga dafniyaning qorin qismidagi jabrali oyoqlari atrofiga suvga erigan kislorod keladi. Chig’anoqning keyingi uchi muvozanatni saqlash vazifasini bajaradigan o’simta hosil qiladi.
Dafhiyaning boshi yarimshar shaklida bo’lib, uning oldingi qismi tumshuqsimon cho’zilgan bo'ladi. Bosh qismidagi antenulallari rivojlanmagan, juft antennalari ancha uzun bo’lib, ularning har biri ikki shoxchadan tashkil topgan. Ular dafniyaning harakatlanish organidir. Dafniya antennalari yordamida suvga tayangan holda sakrab harakatlanadi. Shunga ko’ra, u «suv burgasi» deb ham ataladi. Shuningdek, dafniyaning boshida bittadan murakkab (fasetkali) va oddiy (nauplius) ko’zlari joylashgan.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling