1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
75-rasm. Ninaterililarning turlari
A-dengiz yulduzi, B-dengiz nilufari, V-dengiz bodringlari, G-dengiz tipratikani. Ishning bajarilishi: dengiz yulduzini vannachaga joylashtirib, uning tanasi 5 ta nurlardan (radiusdan) iborat ekanligiga e'tibor bering. Tananing oral va aboral qutblarini aniqlang va har qaysi qutbda joylashgan organlarni topib, ularning tuzilishi bilan tanishing. Dengiz yulduzini o’tkir - qaychi bilan yorib, ichki organlarini ko’ring. 205
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang 1. Ignaterililaming harakat qilish a'zolari? A. Ambulakral, oyoqchalar; B. Pedipalpalar; S. Parapo- diyalar; D. Xivchinlilar; 2. Ignaterililarda madrepor plastinka tananing qaysi qismida joylashgan? A. Aboral tomonda, interradiusda; B. Oral tomonda, radiuslarda; S. Oral tomonda, interradiusda; D. Aboral tom- onda, radiusda; 3. Ignaterililar ambulakral tizimi nima vazifa bajaradi? A. Harakatlanish; B. Ko’rish; S. Oziqlanish; D. Ayirish; 4. Qaysi umurtqasiz hayvonlar tipi ikkilamchi og’izlilarga kiradi? A. Ignaterililar; B. Mollyuskalar; S. Bo’g’imoyoqlilar; D. Halqali chuvalehanglar; 5. Ignaterililaming qaysi vakillari o’troq hayot kechiradi? A. Dengiz nilufarlari; B. Dengiz yulduzlari; S. Dengiz ’ bodringlari; D. Dengiz tipratikonlari; 6. Ignaterililaming lichinkasi qanday nomlanadi? A. Diplevrula; B. Myullerov; S. Bipinnariya; D. A-S javoblar to’g’ri; 7. Dengiz yulduzlarining tanasidagi nurlar sonini aniqlang? A. 4-12 tagacha; B. 5-13 tagacha; S. 10-18 tagacha; D. 8-13 tagacha; 8. Dengiz yulduzlarining yopishuv a’zosini ayting? A. Ambulakral oyoqdagi so’rg’ichlar yordamida; B. Ambulakral oyoqdagi tirnoqchalar yordamida; S. Ambulakral egatchalardagi ilmoqchalar yordamida; D. Ambulakral plastinkalar yordamida; 9. Dengiz yulduzlarining perigemal sistemasi vazifasini aniqlang? 206 A. Nerv to’qimalarini oziq moddalar bilan ta'minlash va himoya qilish; B. Selom vazifasini bajaradi; S. Organizmning harakatini ta’min!aydi; D. Ovqat hazm qilishda ishtirok etadi; 10. Dengiz yulduzlarida sezgi vazifasini bajaruvchi nerv sistemani aniqlang? A. Aboral; B. Giponevral; S. Ektonevral; D. Aboral- giponevral; 11. Dengiz yulduzlarining harakatini boshqaruvchi nerv sistemani aniqlang? A. Aboral; B. Giponevral; S. Ektonevral; D. Aboral- giponevral; 12. Dengiz tipratikanlarining ambulakular oyoqlari nima vazifani bajaradi? A. Harakatlanish; B. Nafas olishda ishtirok etish; S. Ayirish jarayonida ishtirok etish; D. Ozuqani tutish; 13. Qaysi dengiz tipratikanlari zaharli ninalarga ega? A. Strongylocentrotus; B. Heterocentrotus; S. Echinus; D. Solaster; 14. Dengiz tipratikanlarining og’iz bo’shlig’idagi chaynash a’zosini aniqlang? A. Xitinli tishcha; B. Ohakli bo’rtiqchalar; S. Arastu fonari; D. Chaynash a’zosi bo’lmaydi; Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling