1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet12/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Patogen ahamiyatga ega bo'lgan zoomastiganalarga qaysi hayvonlar kiradi.
2. Tripanasomaning tuzilishidagi va biologiyasidagi mu-him xususiyatlarini o’rganish.
3. Leyshmaniyaning tuzilishi va rivojlanishi qanday boradi va qanday kasalliklami keltirib chiqaradi.
4. Tripanasoma, leyshmaniyaning tuzilishi va rivojlanishi aks ettirilgan rasmlami chizing.

39
\





7 - MASHG’ULOT GREGARINANING TUZILISHIVA RIVOJLANISHI
Tip. Sporalilar —Sporozoa
Sinf. Gregarinalar —Gregarinina
Kenja Sinf. Telosporidiyalar- Telosporidia Turkum. Haqiqiy gregarinalar - Eugregarinida Avlod. Gregarinalar - Gregarina Tur.Gregarina - Gregarina blattarum
O'quv mashg’ulotining maqsadi: hayvonlarda parazitlik qiluvchi gregarinaning tuzilishi va rivojlanishini o’rganish.
Keraklijihozlar: gregarina preparati, buyum va yopqich oynalar, mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Gregarinalar sporalilar orasida yirikligi bilan ajralib turadi. Uzunligi 10-16 mkm. Ular umurtqasiz hayvonlar-suvaraklar, mitalar, ninachilar va ba'zi qo’ng’izlaming ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Gregarina tanasining shakli uzun chuvalchangsimon bo’lib, uch qismdan iborat: oldingi epimerit, o’rta protomerit va keyingi deytomiritdan (14-rasm).
Epimerit yopishib turuvchi organi bo’lib, u bilan gregarina xo’jayinining ichagiga birikadi. Protomerit deytomeritdan to’siqcha bilan ajralgan, ektoplazmaning ustki qismi qalinlashgan kutikula bilan qoplangan. Shuning uchun uning tanasi doimiy shaklni saqlaydi. Deytomiritning endoplazmasida pufaksimon yadro joylashgan. Gregarinalar jinsiy yo’l bilan ko’payadi (15-rasm).
Voyaga yetgan gregarinalami gamontlar yoki gametositlar deyiladi. Jinsiy ko’payishda ikkita gregarinalar bir-biri bilan qo'shiladilar, ya'ni birining protomeriti ikkinchisining deytomiriti bilan qo’shiladi va sizigiyni hosil qiladi.
40




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling