1-mashg’ulot mikroskopning


-rasm. Eimeriya koksidiyasi - Eimeria magnaning quyon ichagida (A)


Download 1.98 Mb.
bet15/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

16-rasm. Eimeriya koksidiyasi - Eimeria magnaning quyon ichagida (A) va tashqi muhitda (B) rivojianish sikli
I-shizogoniyaning birinchi avlodi; II-shizogoniyaning ikkinchi avlodi;
III-shizogoniyaning uchinchi avlodi; IV-gametagoniya; V-sporogoniya: 1-sporozoitlar; 2,4-shizont va uning ko’payish stadiyalari; 5-merozoitlar; 6-mjkrogametaning rivojlanishi; 6a-makrogametalaming; 7-mikrogameta; 8-zigota (oosista); 9-quyon ichagidan tashqi muhitga chiqqan oosista; 10-oosista va undagi sporoblastlar; 11,12-oosista va unda voyaga yetgan sporalar hamda sporozoitlar.

45




Ko’p marta boMinish orqali jinssiz ko’payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniya natijasida parazitlaming soni keskin ko’payib ketadi. Jinssiz ko’payish 4-5 marta takrorlangandan so’ng, merozoitlar-dan jinsiy hujayralar- makro va mikrogametositlar hosil boMadi. Keyinchalik har bir makrogametositdan bitta makrogameta (urg’ochi) har qaysi mikrogametositdan esa kichkina, uzunchoq va bir jufit xivchinlari boMgan bir nechta harakatchan mikrogametalar voyaga yetadi. Mikrogametaiar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, hujayradagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo’shiladi. Buning natijasida zigota hosil boMadi. Zigota o’zidan ikki qavatli mustahkam qobiq ishlab chiqarib oosistaga aylanadi. Eymeriya avlodining oosistalari faqat kislorodli muhitda rivojlana oladi. Shu tufayli oosista xo’jayinning tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta boMinadi, ya'ni 4 ta yadro hosil boMadi. Yadrolar soniga qarab protoplazma ham o’shanchagacha ajraladi va oosistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa ikkitadan sporozoitlar hosil boMadi. Shunday qilib oosista ichida 4 ta spOra va 8 ta sporozoitlar voyaga yetadi. Oosista invazion (zararlaydigan) stadiya boMib, shunday oosistani o’ziga yuqtirgan hayvonlar koksidiya bilan zararlanadi.
Ishning bajarilishi: Koksidiyalarni o’rganish uchun quyon fekalini 0,75% osh tuzi eritmasida ezib, 15-20 minutdan keyin sim ilmoqdalari bilan eritmadan tomchi olinadi va uni buyum oynasiga tomizib, awal mikroskopning kichik ob'ektivi, so’ng tomchi ustiga qoplag’ich oyna yopib, katta ob'ektiv bilan qaraladi. Tomchida Koksidiyaning oosistalari topilgach, uni qaysi rivojlanish davrida ekanligi tablisa bilan solishtirib o’rganiladi.

46





Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling