1 mashqulot. Oziq-ovqat o’simliklarining asosiy turkum va turlari bilan tanishish, ularning umumiy ko’rinishini chizish. Kerakli jihozlar


Download 98.25 Kb.
bet2/7
Sana25.11.2021
Hajmi98.25 Kb.
#177311
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 amaliy mashg'ulot

Umumiy tushunchalar. Oziq-ovqat o’simliklarining asosiy oila, turkum va turlarining ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.

Oila - Junglandaceae- Yong’oqdoshlar

Turkum - Junglans L. - Yong’oq

Tur - J. regia L. - Grek yong’og’i

Oila 7 ta turkumga mansub 60 ta turni birlashtiradi. Asosan Evrosiyo va Amerikada tarqalgan. Gullari ayrim jinsli, changchilari kuchalasimon to’pgulda joylashgan. Urug’chisi 2 ta mevacha bargning qo’shilib o’sishidan hosil bo’lgan. Tugunchasi ostki, mevasi yong’oq meva. Barglari tog’ patsimon murakkab, efir moy chiqaruvchi bezchalardan iborat. O’zbekistonda oddiy yong’oq (Juglans regia) o’sadi. U Ugam, Chotqol, Xisor tizmalarida keng tarqalgan. Yong’oqlar davr relikti hisoblanadi. Bo’yi 30-40 metr, diametri 1,5-2 m ga etadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, ochiq yerlarda novdalari yozilib, yerga tegib yotadi. Po’stloqi tiniq, kulrang qo’ng’ir rangda. Yosh novdalari qirrali, qo’ng’ir yashil kurtaklari yirik. Barglari yirik tog’ patsimon, uzunligi 44 sm gacha bo’lib, barglar soni 9 tagacha etadi. Uchidagi bargi boshqalariga ko’ra yirik, efir moyiga boy. Gullari ko’rimsiz, aprel oyining boshlarida gullaydi. Mevasi to’da bo’lib joylashgan. Yong’oqining po’stini seret po’stloq qoplagan bo’lib, unda yog’, bo’yog’ va oshlovchi moddalar ko’p bo’ladi.

Bu daraxt tez o’suvchi, qurg’oqchilikka, sovuqqa va shamolga chidamlidir. Serunum tuproqlarni yoqtiradi. Yashil davri 300-500 yil agar eski shoxlarini kesib, parvarishlansa bundan ham ko’p yashashi mumkin. Yong’oqlar oziq-ovqat sanoatida, texnikada, mebel sanoatida, tabobatda esa dorivor o’simlik sifatida katta ahamiyatga ega.

Xalq tabobatida yong’oqning gullari, barglari, etilmagan yosh g’o’ralari, mevalarining po’stlari, yong’oq po’choqi, mag’zi, mag’zining orasida bo’ladigan to’siqlari va moyidan foydalaniladi. Yong’oqning yog’ochidan qimmatbaqo buyumlar tayyorlanadi.




Download 98.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling