Piyozdoshlar oilasi - Alliaceae. Oila 30 turkum, 250 turni bir-lashtiradi. O’zbekistonda 100 dan ortiq turi o’sadi. Bu oilaga piyozchali yoki ildizpoyali ko’p yillik o’simliklar kiradi. Ularning barglari nashtarsimon yoki qalami, bandsiz. To’pgullari oddiy yoki murakkab soyabonda o’rnashgan. O’simliklarning piyozi o’tkir hidli yoki sarimsoq hidi va ta'mi bor. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan piyozlarning ko’pchiligi "O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Oddiy piyoz - Allium cepa. Piyozboshli, ekiladigan o’simlik. Bo’yi 100 sm gacha yetadi. Piyozboshi sharsimon, tuxumsimon bo’lib oq qizg’ish, to’qsariq rangli po’st bilan qoplangan. Poyasi yo’g’onlashgan. ichi bo’sh, o’rta qismidan pasti shishgan. Bargi suvli, naychasimon. ustki qismi ingichkalashgan, yashil rangli. Gullari soyabonsimon to’pgulda yig’ilgan. Gulqo’rg’oni gultojbargsimon, oq rangli. Changchilari - 6 ta. Urug’chisi - 1 ta, mevasi – ko’sakcha. Piyoz eng ko’p iste'mol qilinadigan asosiy o’simliklardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |